24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:13
Jamiyat 👁 393

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlab bayram tadbiri oʻtkazildi

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlab bayram tadbiri oʻtkazildi

Mavzuga oid fotogalereya

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʻubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bolalar bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar oʻz tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga boʻlgan qiziqishni uygʻotadilar. Koʻzlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajonlar musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirgʻochlarga oʻxshashadi.

Har yili butun dunyoda boʻlgani kabi mamlakatimizda ham 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlanib kelinadi. Ushbu bayramda kelajagimiz egalari uchun turli kontsertlar, koʻrgazmalar, sayillar, sport musobaqalari va turli xil tadbirlar oʻtkaziladi. Istirohat bogʻlari esa bolalarning tabassumlari bilan goʻyoki moʻʼjizalar dunyosiga aylanadi.

1-iyun kuni Amudaryo tumanining Mangʻit shahridagi madaniyat va istirohat bogʻi ham bolalar kulgusi bilan yanada nurafshon boʻldi. Istirohat bogʻida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlab katta bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tadbirga yigʻilgan barcha bolajonlarni bayram shodiyonasi bilan samimiy qutlab, ularning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, bolalarning komil inson boʻlib voyaga yetishlari uchun mamlakatimizda yaratilgan barcha shart-sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Aytish kerakki, bugun yurtimizda ertangi kun egalarining barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Ularning bepul taʼlim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa huquqlari Qonun bilan kafolatlab qoʻyilgan.

Tadbir davomida turli musobaqa va bellashuvarda qatnashib, yuqori natijalarga erishgan bolajonlarning yutuqlari eʼtirof etilib, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Bayram sovgʻalari, shaʼniga bildirilgan iliq soʻz va tilaklar bolajonlarning dilida katta tassurot va yorqin iz qoldirdi. Bolajonlarga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik ularni yanada yangi marralar va zafarlar sari undadi.

Tadbir tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari, maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalarining raqs dastalari ijrosida baxtli bolalik, ozod va obod Vatanimizni tarannum qiluvchi kuy-qoʻshiqlar va raqslar bilan davom etdi. Oʻz tengdoshlari tomonidan mahorat bilan ijro etilan kuy-qoʻshiqlar, raqslar va sahna koʻrinishlarini bolalar maroq bilan tomosha qilishdi.

Darhaqiqat, ota-ona uchun dunyoda bolajonlar kulgusi va shodligidan aziz neʼmat yoʻq. Tiniq nigohi va biyron tili bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni oʻrganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Farzandining saodatli va baxtiyor damlarini koʻrib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir.

Yana bir bora yurtimizdagi barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Siz – Vatanimizning kelajagi, ertangi kunimiz egalarisiz. Shunday ekan, ilm-fan, kasb-hunar sirlarini puxta egallab, kelajak sari dadil qadam tashlang! Buyuk bobolarimizga munosib izdosh, el-yurtimizga kamarbasta avlod, ota-onangiz orzu qilgan farzand boʻlib voyaga yeting, aziz bolajonlar!

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026