ODAM SAVDOSI VA MAJBURIY MEHNATGA QARShI KURAShISh – DOLZARB VAZIFA
Asrimizning jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurashish xalqaro, mintaqaviy, koʻp va ikki tomonlama munosabatlarni talab etmoqda.
Hozirga qadar jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida dunyo miqyosida tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Yurtimizda keyingi yillar mobaynida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida keskin ijobiy oʻzgarishlar qilinib, bir qator qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof qilinmoqda.
Bu borada Prezidentimizning 2019-yil 30-iyuldagi «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur Farmonga koʻra, odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shunday jinoyatlar qurboniga aylangan fuqarolarga tibbiy, psixologik va boshqa yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Undan tashqari, odam savdosiga aloqador shaxslarni tergov qilish va javobgarlikka tortish, shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasidagi ishlar samaradorligi oshirilmoqda.
Odam savdosi, majburiy mehnatga jalb etish kabi jinoyatlarning oldini olish, bu illatni yoʻq qilishga barchamiz masʼulmiz. Befarq qaramasdan sergak va hushyor boʻlsak, ezgu maqsad yoʻlida birgalikda kurashsak, albatta, bu borada ijobiy natijalarga erishamiz.
Nurdaulet Toreshov, Ruslan Nurjanov,
QR IIV xodimlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶