SINOV TARIQASIDA AHOLINI RÖYXATGA OLIŞ JARAYoNLARINING DASTLABKI NATIJALARI VA ASOSIY TADBIRGA TAKLIFLAR
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "Özbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida"gi 710-sonli Qaroriga muvofiq 2021-yil 1-25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xöjaobod tumani, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva şahri hamda Toşkent şahrining Yaşnobod tumanlarida aholini sinov tariqasida röyxatga oliş tadbiri ötkazildi.
Aholining internet tarmoği orqali röyxatdan ötiş töğrisida töliq xabardor emasligi va maxsus axborot tizimidan (census.stat.uz) foydalaniş böyiça tuşunçasi yetarli emasligi sababli 4 ta hudud böyiça internet tarmoği orqali 10341 kişi (jami aholiga nisbatan 1,8 foiz) röyxatdan ötdi. Hududlar böyiça bu körsatkiç Xöjaobod tumanida 2281 kişi (2 foiz), Yuqori Çirçiq tumanida 4229 kişi (3 foiz), Xiva şahrida 1301 kişi (1,5 foiz) va Yaşnobod tumanida 2530 kişi (1 foiz) röyxatga olindi.
Sinov tariqasida aholini röyxatga oliş jarayonlarida 80 ta planşet qurilmalaridan foydalangan holda röyxatga oliş işlari olib borildi. Planşet usulida röyxatga oliş jarayonlari qoğoz usuliga qaraganda qulayligi, tezkorligi va samaraliroq ekanligi kuzatildi.
Ön ikki kun davomida ötkazilgan röyxatga oliş jarayonlarida qoğoz usulida bir nafar röyxatga oluvçi örtaça 350 nafardan 400 nafargaça şaxslarni röyxatga olgan bölsa, planşet usulida esa örtaça 500-750 nafargaça töğri keldi.
Şu bois, iş unumdorligini oşiriş maqsadida 2023-yilda butun respublikamizda ötkaziladigan aholini röyxatga oliş jarayonlarini qoğoz usulidan voz keçgan holda, internet tarmoği orqali va planşet qurilmalaridan foydalangan holda ötkaziş taklif etilmoqda.
H.Egamberganov,
tuman Statistika bölimi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶