MEHNATGA OID MUNOSABATLAR ŞARTNOMA BILAN MUSTAHKAMLANADI
Mehnat şartnomasi xodim bilan iş beruvçi örtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim böyiça işni içki mehnat tartibiga böysungan holda taraflar kelişuvi, şuningdek, mehnat töğrisidagi qonunlar va boşqa normativ hujjatlar bilan belgilangan şartlar asosida haq evaziga bajariş haqidagi kelişuvdir. U mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solişni taʼminlaşda muhim örin egallaydi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, fuqarolarga kafolatlab qöyilgan mehnat qiliş huquqining korxona va taşkilotlarga işga yollaniş asosida amalga oşirilişi xodim va iş beruvçi örtasida belgilangan tartibda mehnat şartnomasi tuziş yöli bilan amalga oşiriladi. Mehnat şartnomasi uning taraflarda paydo böladigan huquq va burçlarini özida ifodalovçi hujjatdir. Bu huquq va majburiyatlar tegişli qonun hujjatlari, korxona jamoa şartnomasi, içki mehnat tartibi, qoidalari, xizmat yoki lavozim yöriqnomalari, xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasida batafsil aniqlaştirib qöyiladi.
Bajariladigan işning tafsilotiga köra, bajariş uçun xodim olingan işni maʼlum bir muddat ötgandan keyin obʼektiv sabablarga köra, davom ettirişning imkoni bölmasligi oldindan maʼlum bölganda, xodim bilan muddatli mehnat şartnomasi tuziladi. Mehnat Kodeksining 76-moddasida xodim bilan muddatli mehnat şartnomasini tuziş töğrisidagi röyxat qatʼiy çegaralangan.
Agar xodim bilan tuzilgan muddatli mehnat şartnomasi Mehnat Kodeksining 76-moddasi talablarini hisobga olmagan holda tuzilgan bölsa, bunday holda şartnomaning muddati haqidagi şartlari haqiqiy emas, deb topiladi, xodim esa işga nomuayyan muddatga birinçi iş kunidan boşlab qabul qilingan hisoblanadi.
J.Avezov,
Ş.Vaisniyazov,
tuman Adliya bölimi Yuridik xizmat körsatiş
markazi boş yuriskonsultlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶