21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 03:25
Jamiyat 👁 471

UMRI AZIZ

UMRI AZIZ

Atrofimizda turfa xulq-atvorli insonlar köp: biri xuşçaqçaq, biri oğir-bosiq yana birlari qiziqqon, jizzaki,.. va keng feʼl. Baʼzan hayot taşvişlaridan çarçagan damlarimizda turfa xislatli eldoşlarimiz bilan muomalada qiynalib qolamiz, köngillariga yetolmay: “e, ha, bitta gap kam, ikkitasi köp, bir yarim gap yöq-da”, − deymiz, şunday kezlarda. Aslida esa odamiylikning eng uluğ va eng oddiy jihati − muomala madaniyatimiz qaşşoqligini tan olgimiz kelmaydi...

Men  har gal özining şirin sözi, ötkir zehni, yuksak insoniy fazilatlari, bundan ham muhimi, elparvarligi va havasga munosib muomala madaniyati bilan deyarli barça amudaryoliklarning aziz otaxoniga aylangan Bekman ota Allaberganov bilan suhbatlaşganimda insonning şaxs sifatida şakllanişida uning muomala madaniyati öta muhim ekanligini his etaman. Çunki otaxon qaysi auditoriyada, qanday insonlar davrasida bölişlaridan qatʼiy nazar, öz sözi, muomalasi, xalqimizga bölgan öta samimiy mehr-muhabbati bilan suhbatdoşlarining ham, tinglovçilarning ham hurmat va eʼtiborini qozonişiga köp bora guvoh bölganman.

Xalqimizda asrlar sinovidan ötgan purmaʼno hikmat bor: “Maşaqqatlardan çöçigan insonning hayotida maʼni bölmaydi”, deyişadi. Agar taʼbir joiz bölsa, Bekman ota Allaberganov hayot maşaqqatlarini köp totigan, ana  şu maşaqqatlar aro toblangan, hayot yöllaridagi taqdir sinovlarini metin irodasi, sabr-bardoşi bilan yengib, bugungi dorilomon kunlar qadrini boşida tutib yaşayotgan el-yurt fidoyisi.

U ota mehriga töymay ulğaydi. Alloh rahmat qilsin, otasi Polvon ota Allaberganov vafot etganida 8-9 yaşar öyinqaroq bola edi. Hali 40 yoşga kirmay uç öğil, uç qizning tarbiyasi va katta rözğorning taşvişini zimmasiga olgan onasi Öğil onaga opa-akalari tirgak bölişdi. Birovdan oldin, birovdan keyin oila taşvişlarini yelkalab, hayotga intilgan bolalarning eng kenjasi bölgan Bekman Allaberganov tuğişganlari mehridan kuç olib ulğaydi. Rözğor uçun nimaiki zarur bölsa, aka-opalari bilan birga mehnat qildi, intildi. Qişloqda u tengi bolalar paxta dalasida, kolxoz fermasida, tomorqada kattalar bilan bab-baravar mehnat qilişar, tongdan şomga qadar adoği körinmaydigan maşaqqatli mehnat B.Allaberganovning ham bolaligini va yoşligini öğirlagan edi.

Bolalik va ösmirlik yillari Ikkinçi jahon uruşidan keyingi tiklaniş yillari maşaqqatlarida keçgan Bekman Allaberganovning metin irodasini  taqdirning bemavrid sinovlari ham sindira olmadi. Biri ellik yoşning nari-berisida, biri  öttizga ham kirmay birin-ketin bu hayotni tark etgan beş nafar opa-akalaridan ayrilganida tuğişganlik qadri, jigarbandlar mehri inson uçun Allohning naqadar uluğ hadyasi ekanligini yurak-yuragidan his etdi. Naçora, hayot davom etaveradi, inson esa Allohning irodasi qarşisida ojiz, dilda şukur va imon bilan taqdir sinovlarini yengib yaşaşga intilaveradi...

– Meni tuğişgan jigarbandlarim mehri ulğaytirdi, – mehr va şukronalik bilan sözlaydi otaxon. – Ota-onamdan keyin Örozgul, Şukurjon, Oyjon ismli opalarim, Umar va Usmonjon akalarim meni mehr bilan siyladilar, hayot maşaqqatlarini sabr bilan yengib yaşaşga örgatdilar.

Özaro mehr-oqibat, insoniy tuyğulardan kuç olgan Bekman Allaberganov oilada odobli va  mehribon uka, maktabda aʼloçi öquvçi böldi. 1963-1968-yillarda Toşkent Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tamomlab, uzoq yillar 16-sonli va 5-sonli umumtaʼlim maktablarida öquvçi-yoşlarga fizika-matematika fanlaridan saboq berdi. Orada bir yil harbiy xizmat burçini ötab qaytgan Bekman Allaberganov özining taşabbuskorligi, xalq hayotiga doir muammolar yeçimini topişdagi öziga xos fikrga egaligi bois, tuman rahbariyatining nazariga tuşdi. 1987-1995-yillarda Xalq deputatlari A.Temur nomli ovul Kengaşi ijroiya qömitasi raisining örinbosari, bir neça yil tadbirkor sifatida faoliyat yuritgan Bekman Allaberganov 1999-2003-yillar oraliğida A.Temur nomli ovul mahalla posboni sardori, 2003-2008-yillarda esa mazkur fuqarolar yiğini raisi vazifalarida sidqidildan mehnat qildi.

Hayotining asosiy  qismini xalqqa xizmat qilişdek xayrli işga bağişlagan otaxon Amir Temur nomli ovul aholisining turmuş farovonligini oşiriş, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, ularning hayotdan rozi yaşaşlari uçun zarur  şart-şaroitlar yaratiş maqsadida ovul keksalari, ilğor fikrli yoşlar bilan hamjihatlikda iş yuritdi. Har bir xonadonga kirib borib, ijtimoiy himoya uçun ajratiladigan mablağni maqsadli tarzda, haqiqiy  muhtoj fuqarolarga taqsimlaş böyiça samarali faoliyat olib bordi. Natijada otaxon raislik qilgan davrda Amir Temur nomli ovul aholisining turmuş darajasi ança yaxşilandi. Köçalar tartibga keltirilib, aholi maskanlari va hududdagi qabristonlar obodonlaştirildi. Oilaviy nizolar, ajraşişlar va jinoyatçilik, huquqbuzarlik holatlari keskin kamaydi.

– Xalq yaxşi muomalaga, hurmatga munosib, – deydi otaxon fuqarolar yiğini raisi bölib işlagan davrini xotirlarkan. – Xalq bilangina hurmat, eʼtibor topamiz. Xalq – bizning ota-onamiz, jigarbandlarimiz, döst-u birodarlarimiz. Xalq – bu Vatan! Ana şu Vatan uçun heç oğrinmay, mehr-muhabbat bilan xizmat qilişimiz kerak...

Bekman ota suhbatdoşini aslo zeriktirmaydilar. Maqolamiz boşida aytganimiz – har qanday odamga, agar taʼbir joiz bölsa, “bir yarimta gapni ham topib” muomalani joyiga qöyganlari uçun ham nafaqada bölişlariga qaramay har kuni yölda:

– Ota, biron maʼraka bormi? – söraşadi farzandlari.

– Televideniyeda körsatuvim bor, operator bolalarim kutib qolişmasin, – deya oşiqib turadilar baʼzan.

Ertasiga, indiniga otaxon yana yölga şayla-nadilar. Bu gal:

– Qiliçboyga! – deb qöyadilar mamnuniyat bilan. – “Otalar çoyxonasi”da hokim va  yoşlar uçraşuvi bor, şunga...

Farzandlari otani tuşunadilar, Qiliçboy qişloğiga tez-tez otlanib turişlaridan, keksalar davrasimi, yoşlarnikimi, otaxonni ohanraboday tortib turadigan Qiliçboy zamini unga qançalik qadrdonligini bilişadi. Çunki  mazkur qişloqdagi fayziyob göşa – “Otalar çoyxonasi”ning tamal toşini Bekman ota öz qöllari bilan qöygan. Qiliçboyliklarning eng şodiyona damlari, bayram tadbirlari-yu bu zaminga taşrif buyurgan nufuzli  mehmonlar bilan uçraşuvlar ham aynan ana şu gözal “Otalar çoyxonasi”da ötkaziladi.

Işlab, yöl yurib çarçamaydigan otaxon 2014-2017-yillarda “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi, 2017-2020-yillarda esa Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamoat birlaşmasi şaklidagi “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi vazifalarida işlagan yillarida amudaryolik nuroniylar, Ikkinçi jahon uruşi faxriylari, front ortida fidoyilik körsatgan mehnat fronti faxriylarining deyarli barçasining, hatto dunyodan ötib ketgan faxriy jangçi bobolarning oilalariga birma-bir kirib, tumanning har bir qişloğini qadam-baqadam kezib çiqqan, amudaryolik fidoyilar haqida hikoya qiluvçi “Ular – dorilomon kunlar  bunyodkori, yurtimiz fayzi, suyançimiz, maslahatgöyimiz” deb nomlangan suratlar albomini tayyorlab, bu fidoyi insonlar oilalariga, farzandlariga xolisona taqdim etib, “Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tuman bölimi qoşida xalq kutubxonasi faoliyatini yölga qöydi. Jamğarmaga raislik qilgan yillarida ikki marta Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan grant tanlovlarida öz loyihalari bilan iştirok etib, tanlov ğolibi böldi va butun tuman miqyosida “Jaholatga qarşi – maʼrifat” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oşirdi. 2016-yilda jamğarma qoşida otaxonning şaxsiy taşabbusi bilan taşkil etilgan xalq kutubxonasi esa keksa-yu yoşlarning sevimli maʼnaviyat va maʼrifat maskaniga aylangan.

Hamişa: “Men ham xalqning bir vakiliman, men – Özbekistonman!” deb xalq orasiga intilib turuvçi Bekman ota Allaberganov ayni paytda tuman “Nuroniylar” jamoatçilik Kengaşi raisining örinbosari sifatida har kuni özi sevgan xalq bilan birga. Deyarli har haftada Amudaryo televideniyesida efirga uzatilayotgan “Odoblar xazinasi” körsatuvi orqali yuzlab, minglab yurtdoşlarimiz qalbidan özining ohorli sözlari, hikmatlarga töla pand-nasihatlari, hayotiy hikoyalari bilan munosib joy olgan.

Tinib-tinçimas otaxon tonglarni şukronalik bilan qarşilarkan, har tong aziz Amu eli uçun xayrli bir iş qiliş, xalqqa manfaat keltirgulik ezgu bir amal röyobi uçun harakat boşlaşni rejalaştiradi va albatta, buning uddasidan çiqadi. Xalqimiz juda yaxşi eslaşadi: muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpoğistonga  qilgan taşriflaridan birida – Möynoq şahrida Prezident bilan uçraşib, suhbatlaşgan Bekman ota Allaberganovdan davlatimiz rahbari:

– Otaxon, qanday muammolaringiz bor? – deya söraganlarida Bekman ota:

– Mening emas, xalqimizning juda ulkan muammosi bor. Amudaryo ustiga köprik qurilişini faqat orzu qilib yaşayapmiz. Şu masalada yordam bersangiz, – deya xalq nomidan murojaat qildilar.

Prezident otaxonni katta eʼtibor bilan tingladilar, masʼullarga uşbu masalani örganişni topşirdilar va oradan heç qança vaqt ötmay, Amudaryo ustiga köprik quriş böyiça işlar boşlab yuborildi. Köprik bilan birga temir yöl va avtomobil yöllari quriladigan hududga ramziy qoziq qoqiş marosimida qöliga bolğa tutib, özi ham qoziq qoqqan Bekman otaning azbaroyi quvonçidan közlariga sevinç yoşlari qalqiganiga xalq guvoh!

Inson – u kim bölişidan qatʼiy nazar, özi hayotligida xalqi tomonidan hurmat va eʼtiborga loyiq körilsa-yu, izlarini bosib ulğayayotgan öğil-qizlari odob-ikrom bobida elga manzur insonlar bölişsa, qilgan ezgu amallari qalblarda çuqur eʼtirof etilsa, bunday insonlar umri barça uçun ibrat va azizdir. Azizlik esa Allohga yaqinlikdir. Binobarin, Muhammad Mustafo (s.a.v) hadislarida uç ezgu amal haqida şunday deyiladi: Birinçisi “sadaqai joriya – köprik, masjid quriş, vaqf yerlar sadaqa qiliş, ekilgan mevali daraxtlar, ikkinçisi – ilm, uçinçisi – solih farzand”. Bekman ota qayerda, qanday vazifada işlasalar – öşa joyni obod maskanga aylantirdilar. Ustoz  sifatida yuzlab yoşlarga taʼlim-tarbiya berib, mustaqil hayotga yölladilar, şogirdlarining barçasi Vatan obodligi, xalq farovonligi yölida hamişa kamarbastalar.

Otaxon ibratli xonadon sohibi, mohir boğbon, namunali tomorqaçi, umr yöldoşi Donagul momo bilan solih farzandlar tarbiyalagan ardoqli inson. Bugungi  kunda Bekman ota tarbiyat etgan uç öğil va  ikki qizning barçalari öqimişli, elim, yurtim, degan fidoyilar, el havas qilgulik oila sohiblari, otaxonning izlarida kamolga yetayotgan nurli izlari.

– Men – Özbekistonman, men – Vatanman! – deya butun jism-u jahoni bilan jonajon Yurtga, xalqiga intilib turguvçi otaxon – el ardoğidagi “Ardoqli nuroniy” kökrak nişoni sohibi, özining ezgu amallari bilan umri aziz Bekman ota Allaberganov ayni damda 75 yoşga töldilar. Uşbu qutluğ kunda butun ongli hayotini xalq manfaati yölidagi xayrli işlarga bağişlab yaşayotgan, barça ezgu amallari bilan farzandlari, döstlari, eldoşlari faxriga aylangan otaxonni  tabarruk yoşlari bilan samimiy muborakbod etamiz.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026