Amudaryo tumanida fuqarolar yiğinlari raisi saylovi oşkoralik va muqobillik printsiplari asosida ötkazilmoqda
Mahalla bu − özini özi boşqarişning öziga xos özbekona, boşqa mamlakatlarda öxşaşi topilmaydigan modeli bölib hisoblanadi. Mahalla mamlakatimizda amalga oşirilayotgan barça sohalardagi islohotlarda katta ahamiyatga ega bölganligi bois özgarişlarni bevosita mahalla fuqarolar yiğinlarisiz tasavvur qiliş qiyin.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining tegişli qaroriga muvofiq şu oyda yurtimizning barça hududlarida muhim ijtimoiy-siyosiy tadbir − fuqarolar yiğinlari raislari saylovi ötkazilmoqda. Bu muhim siyosiy tadbirning namunali ötkazilişini taʼminlaş maqsadida fuqarolar yiğinlari raislari saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi va bevosita mahalla fuqarolar yiğinlarida faoliyat olib boruvçi işçi guruhlari taşkil etilgan.
Bu yil tumanimizdagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida ham yiğin raisini saylaş jarayonlari oşkoralik, muqobillik va teng saylov printsplari asosida ötkazilmoqda. 16-may kunidan boşlangan saylov jarayonlari qizğinlik bilan davom etmoqda. 27-may sanasiga qadar tumanimizning 43 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida saylovlar ötkazilib, vakillar tomonidan yaşirin ovoz beriş yöli orqali nomzodlardan eng munosiblari yiğin raisi qilib saylandi.
Tumanimizning barça hududlarida bölgani singari Qizilçoli mahalla fuqarolar yiğinida ham saylov jarayonlari oşkora va şaffof tarzda ötkazildi.
Maʼlumki, fuqarolar yiğini raisi lavozimiga oliy maʼlumotga ega, bevosita saylovga qadar kamida beş yil tegişli hududda doimiy yaşayotgan, taşkilotçilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat taşkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boşqa xöjalik faoliyati sohasida iş tajribasiga, şuningdek hayotiy tajribaga va aholi örtasida obrö-eʼtiborga ega bölgan şaxslar nomzod qilib körsatiladi.
Qizilçoli mahalla fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzod sifatida körsatilgan Mansur Atajanov hamda Şavkat Ibraimovlar ham mahalladoşlari orasida alohida obrö va eʼtiborga ega şaxslar bölib, öz mahallasi uçun köplab hayrli işlarni amalga oşirganlar.
Saylov kuni nomzodlar mahallani har tomonlama rivojlantiriş hamda aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş böyiça öz dasturlarini vakillar eʼtiboriga havola qilişdi.
Yaşirin ovoz beriş natijalariga köra Şavkat Ibraimov Qizilçoli mahalla fuqarolar yiğii raisi lavozimiga saylandi. Maʼlumot uçun, Şavkat Ibraimov 1975-yilda tuğilgan. Maʼlumoti oliy. U 2009-yildan buyon “Kuyuk köpir Oltinközi” biolaboratoriyasi mudiri lavozimida işlab kelayotgan edi. Saylov yakunida Şavkat Ibraimov mahalladoşlariga bildirgan işonçi uçun minnaddorlik bildirib, mahallaning obodligi va farovonligi uçun fidokorona mehnat qilişga söz berdi.
26-may kuni Amudaryo tumanining Beruniy nomli mahalla fuqarolar yiğinida ham fuqarolar yiğini raisi saylovi bölib ötdi.
Saylovga qadar işçi guruh hamda saylovni taşkil qiliş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi tomonidan barça nomzodlar örganib çiqilib, tuman hokimi tomonidan Muratbay Xaybullayev hamda Bobur Allaberganov nomzodlariga kelişim berilgan edi.
Saylovda har ikkala nomzod barçani öz dasturi bilan taniştirdi.
Nomzodlar öz dasturlarida mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, hamda yoşlar yetakçisi bilan samarali tarzda hamkorliki yölga qöyişlarini, şuningdek, jamiyatning asosiy böğini − oila institutini mustahkamlaş, aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş böyiça öz rejalarini bayon qilişdi.
Şundan söng, Özbekiston Respublikasining “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Qonunining 20-moddasiga köra, fuqarolar yiğini raisini saylaş jarayoni yaşirin ovoz beriş orqali amalga oşirildi.
Sanoq komissiyasi tomonidan natijalar eʼlon qilindi hamda eng köp ovoz olgan Muratbay Xaybullayev Beruniy mahalla fuqarolar yiğini raisi lavozimiga saylandi.
Şu örinda aytiş kerakki, fuqarolar yiğini raisi saylovi muhim demokratik jarayon bölib, mazkur saylovda iştirok etiş huquqiga ega bölgan fuqarolarimiz unda faol iştirok etiş orqali davlatimiz tomonidan amalga oşirilayotgan islohotlarni bevosita mahallada davom ettiruvçi şaxsni tanlaş huquqiga ega böladilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶