14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 16:32
Siyosat 👁 437

MUZAFFARNING ISh KUNLARI

MUZAFFARNING ISh KUNLARI

Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok qilish, xalq hayotiga oid muammolar yechimini topish va bu muammolarni ijobiy hal etish – deputatning birinchi galdagi vazifasidir. Chunki bugungi xalq va saylovchi bundan 30-yillar oldingi davr odamidan dunyoqarashi, orzu-intilishlari, hatto oldiga qoʻygan maqsad va rejalari jihatidan ham keskin farq qiladi.

Shu bois, Amudaryo tumanidagi Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 18-Xitoy saylov okrugidan deputati Muzaffar Yeshchanov har gal saylovchilari bilan uchrashganida saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi har bir fuqaro, har bitta oila va xonadon hayotiga doir yutuq va muammolarni avvaldan sinchiklab oʻrganadi. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzodi koʻrsatilgan deputat aholi tomorqa xoʻjaligini yuritish boʻyicha erishilayotgan muvaffaqiyatlar zamiridagi fidoyi mehnat, ilgʻor tomorqachilarning tajribalari, innovatsion gʻoyalarini ommalashtirish orqali hududdagi kam daromadli, tomorqa yeridan unumli foydalanmayotgan oilalarda har bir qarich yerdan samarali foydalanish boʻyicha tashviqot ishlarini olib boradi. Bu esa aholining oʻzini oʻzi ish bilan bandligini taʼminlash imkonini beribgina qolmay, hudud aholisi farovonligini oshirishda tomorqa xoʻjaligining ahamiyati qanchalik muhimligini anglash imkonini beradi.

U Toshkent Davlat agrar Universitetini tugatib, 2008-yilda “Shoʻr qalʼa” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi sifatida ilk mehnat faoliyatini boshlagan kunlaridanoq xalq ichiga kirib borish, ular bilan birga mehnat qilish, quvonch-u tashvishlarini birgalikda baham koʻrish orqali kundalik ish rejalarini muvaffaqiyatli, toʻsiqlarsiz amalga oshirish mumkinligini anglab yetdi.

Oʻzi faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaligi ishchilarining orzu-niyatlariga yoʻldosh boʻldi, mummolariga yelka tutdi. Keksalarning duosini olib, yoshlar bilan bamaslahat ish yuritdi. Natijada u kasbidan kamol topdi, nainki xalq, balki tuman rahbariyati ishonchiga sazovor boʻldi.

Keyinchalik Amudaryo tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va qurilmalari boʻyicha yetakchi mutaxassisi, Amudaryo tumani Namuna muqobil mashina-traktor parki raisi, “Amudaryotex” xorijiy korxonasi agronomi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Amudaryo meliorativ uchastkasi boshligʻi vazifalarida sidqidildan xizmat qildi.

Oʻzi mehnat qilgan jamoalarda hamkasblarining, rahbar sifatida ishchi-xodimlarining, tugʻilib-oʻsgan mahallasida esa eldoshlarining ishonch va hurmatiga sazovor boʻldi.

U qaysi jamoada, qay lavozimda ishlashidan qatʼiy nazar, bir vaqtning oʻzida “Muzaffar Yeshchanov” fermer xoʻjaligiga ham rahbarlik qildi. Paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha “Muzaffar Yeshchanov” fermer xoʻjaligini tumandagi ilgʻor qishloq xoʻjalik korxonalari safiga olib chiqdi.

U saylov okrugi hududidagi mahallalarda xotin-qizlar faollari, koʻcha boshchilari va nuroniylar ishtirokidagi har bir uchrashuvida Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berib kelmoqda. Xususan, kam daromadli, ehtiyojmand oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha oʻz rejalari, bu borada davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor yuzasidan saylovchilarning fikrlari, takliflarini oʻrganishdan aslo charchamaydi.

Muzaffar Yeshchanov ayni paytda Namuna mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman hokimi yordamchisi sifatida faoliyat yuritib, deyarli har kuni xalq bilan birga. U Namuna mahallasi hududidagi barcha koʻchalar va aholi punktlarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga bosh-qosh. Qolaversa, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” roʻyxatlariga kiritilgan fuqarolarning muammolari va murojaatlarini masʼullarni jalb qilgan holda joyiga chiqib oʻrganish, ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlaridan saylovchilar ham, mahalla ahli ham mamnun.

Muzaffar Yeshchanovning ham deputat, hokim yordamchisi sifatidagi faoliyat koʻlami ancha keng. Oʻzi tugʻilib-oʻsgan Namuna mahallasi, qolaversa, 18-Xitoy saylov okrugi hududida yashovchi saylovchilar ishonchini oqlash, xalqning dard-u tashvishlariga sherik boʻlib yashashni oʻz zimmasidagi masʼuliyatli vazifa deb biladi. Oilada esa amunali umr yoʻldosh va mehribon ota. Rafiqasi bilan ikki oʻgʻil, ikki qizni ilmli-maʼrifatli qilib voyaga yetkazishmoqda.

Deputat va hokim yordamchisi, namunali fermer xoʻjaligi rahbari, ibratli oila sohibi Muzaffar Yeshchanovning har bir ish kuni xalq bilan birga, unga ishonch bildirgan saylovchilar davrasida oʻtadi. Zero, insonlarning dardu tashvishlari bilan yashash odamiylikning eng oliy mezonidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019