ZARURAT TUFAYLI SALKAM ChORAK ASRDAN SUNG TIKLANGAN HUJJAT
Inson hayotida loqaydlik tufayli eʼtiborsizlik bilan qaralgan narsalarga oradan qancha fursat, muddat oʻtsa ham zarurat tugʻilib qoladi. Shunday paytlar boʻladiki, arzimas yoki kichik deb qaralgan oʻsha narsaga katta ehtiyoj seziladi.
Amudaryo tumani Turkiston koʻchasi 4-uyda yashovchi fuqaro Fotima Nuranovaning 1977-yil 3-fevral kuni tirik tugʻilib, shu kuni vafot etgan qiz jinsli ikkinchi farzandi Ernazarova Tusunoy Jumabayevnaning tugʻilganligi va oʻlim haqida dalolatnoma yozuvlari oʻz vaqtida qayd qilinmasdan qolgan edi.
Oradan shuncha vaqt oʻtib, ayni paytga kelib, notarius tomonidan meros ishi ochilganda ushbu qizning tugʻilganlik va oʻlim haqida hujjatlari talab qilingan. Shu zaruriyat sababli xonadon egalari tuman FHDYo boʻlimiga hujjatlarni tiklab berishni soʻrab, murojaat qilishdi. Murojaatga koʻra, FHDYoning yagona arxiv bazasi tekshirilganida tugʻilganlik va oʻlim holatlari oʻz vaqtida qayd qilinmaganligi maʼlum boʻldi.
Malakali xodimlar tomonidan onaxonga huquqiy tushuntirish va amaliy yordam berilgani natijasida Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan bu holatga oydinlik kiritildi. Qiz farzandning aytilgan muddatda shu onadan tugʻilganligi va vafot etganligi boʻyicha faktlar aniqlandi hamda 49-yildan keyin farzandiga tugʻilganlik va oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirildi.
Fuqaro Nuranova Fotimaga murojaatiga koʻra, 2022-yil 18-may kuni amaliy yordam koʻrsatilib, haqiqatda ham 1977-yil 3-fevral kuni tugʻilgan qiz farzandi vafot etganligi haqida oʻlim guvohnomasi berildi.
S.Xalbayeva, tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶