Deputatlar birinçi çorak yakuni böyiça saylovçilarga hisobot bermoqda
Ayni kunlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatlari saylovçilar bilan uçraşib, joriy yilning ötgan 3 oyi davomida amalga oşirgan işlari va deputatlik faoliyati xususida aholiga hisobot bermoqda.
Amir Temur nomli OFY binosida ham şu kabi uçraşuv ötkazilib, unda hududdan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Ğ.Yeşniyozov va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati M.Saʼdullayevlar iştirok etdi.
Deputatlar taʼkidlaganlaridek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va tuman hokimligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi turmuş farovonligini yanada oşiriş va infratuzilmasini yaxşilaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va boşqa yönalişlarda tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş uçun 20 ga yaqin Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Uşbu qarorlar asosida 21 mingdan ortiq oğir ahvoldagi turar joylarni taʼmirlaş, janubiy tumanlardagi 2 ming km.dan ortiq içki yöllarga toş-şağal aralaşmasi yotqiziş işlari amalga oşirildi. Kadastri yöq 27 ming 590 ta uy-joyning ijara va mulk huquqlari böyiça tegişli hujjatlar işlab berildi. 452 ta mahallaning har biriga 500 mln sömdan, jami 228 mlrd. söm mablağ ajratildi.
Yiğilişda ovul faollari Musofir aholi punktiga içimlik suvi tarmoğini tortiş, içki tuproq yöllarga qum-şağal aralaşmasi yotqiziş, Manğit şahridan Amir Temur nomli ovulga olib boruvçi yölni asfaltlaş masalalarida murojaat qildilar. Uşbu murojaatlar yuzasidan zarur tuşuntirişlar berilib, tegişli taşkilotlarga deputatlik sörovi yuborilişi qayd qilindi.
Şu kabi uçraşuv tumanning Tölqin ovulida ham ötkazildi. Uçraşuvda deputat Ğ.Yeşniyozov Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar va öz faoliyati xususida hisobot berdi.
Uçraşuvda aholi vakillari ijtimoiy taʼminot masalasida, şuningdek 28-sonli maktabga olib boruvçi yöl böyiga piyodalar yölakçasi quriş, tomorqalarni oqar suv bilan taʼminlaş masalalarda deputatga murojaat qildilar.
Bir guruh fuqarolarning ovul hududidan ötgan yangi temir yöl liniyasi Çangal qalʼa aholi punktiga boriş yöllarini uzib qöygani, natijada şu hududda yaşovçi aholi ovul markaziga keliş uçun 5-6 kilometr uzoq masofadan aylanib ötişga töğri kelayotgani, ovuldagi qabriston ham uşbu temir yölning narigi tomonida qolgani sababli aholi uçun noqulayliklar tuğdirayotgani böyiça qilgan murojaati joyiga çiqib örganildi va tegişli taşkilotlarga deputatlik sörovi yuborilib, ijobiy hal qilinişi maʼlum qilindi.
Çoyköl ovulida ötkazilgan uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Ğ.Yeşniyozov va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati Ya.Ahmedov, S.Murodboyevalar saylovçilarga hisobot berdilar.
Ovul aholisi xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yölining 22-sonli maktab oldidan ötgan qismiga bolalar xavfsizligini taʼminlaş uçun yotiq sunʼiy tösiq örnatilgani, yöldan katta yuk avtomobillari ötişi sababli uning bir qismi işdan çiqqanini maʼlum qilib, taʼmirlaş masalasida deputatlardan amaliy yordam söradi.
Şuningdek, aholi tomonidan turar joylarga kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş böyiça tarğibot işlarini kuçaytiriş, sobiq Madaniyat qişloq vraçlik punkti negizida oilaviy poliklinika taşkil qiliş va boşqa masalalarda yöllangan murojaatlar ham tegişli tartibda örganib çiqilib, zarur çoralar körilişi maʼlum qilindi.
Uçraşuvdan keyin Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar Ğ.Yeşniyozov va Ya.Ahmedovlar xotin-qizlar bandligini taminlaş maqsadida OFY binosida taşkil qilingan tikuvçilik tsexi faoliyati bilan ham yaqindan tanişdilar

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶