24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:29
Jamiyat 👁 313

OʻQUVChI-YoShLAR TANIQLI IJODKORLAR BILAN UChRAShDILAR

OʻQUVChI-YoShLAR TANIQLI IJODKORLAR BILAN UChRAShDILAR

Yetuk ijodkorlar, xususan, shoirlar katta shaharlarda yashab, ijod etadi, deyishadi. Lekin asl ijodkor uchun katta shaharlardan koʻra, oʻzi tugʻilib-oʻsgan zamin, qadrdon eldoshlari, ana shu zaminda yuz berayotgan oʻzgarishlar bitmas-tuganmas ilhom manbaidir. Buni joriy yilning 27-aprel sanasida 42-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan amudaryolik shoir va yozuvchilar ishtirokida oʻtkazilgan ijodiy uchrashuvda yaqqol his etdik.
Maktabning ijodga, sheʼriyatga ixlosmand oʻquvchi-yoshlari hamda oʻqituvchilari ishtirokidagi mazkur uchrashuvda taniqli ijodkor, Amudaryo tuman maʼnaviyati fidoyisi, Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi, koʻplab insonlarning, ayniqsa, yoshlarning sevimli ustozi Tursunboy Abdullayev, shoir va yozuvchi, faxriy ustoz Ahmad Nafasov, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldoshevalar qatnashdilar.


Qizgʻin va samimiy muloqot, sheʼrxonlik asosida oʻtgan uchrashuvni maktab direktori Qurol Mamutov ochdi va ishtirokchilarni tadbir mehmonlari bilan tanishtirdi hamda maktabda ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Ijodkor yoshlar bilan uchrashuv tadbirini Robiya Yoʻldosheva biri-biridan ibratli adabiy hikmatlar, shu bilan birga mazkur maktab oʻquvchilarining ijodlaridan namunalar aytib berish orqali chiroyli tarzda boshqarib bordi.
Uchrashuv ishtirokchilari Tursunboy Abdullayevning sheʼriy chiqishlarini olqishlar bilan kutib oldilar. Oʻzining betakror ijodi, ayniqsa, xalqona ruhda yozilgan toʻy-marosimlar qoʻshiqlari, kelin salomlari, “Xitoyqishloq hangomalari” turkumidagi hajviyalari bilan xalqimiz qalbidan munosib joy olgan hikmatnavis shoir, ajoyib hajv ustasi Tursunboy Abdullayev  oʻquvchi-yoshlarga yangi sheʼrlaridan oʻqib berdi. Amudaryo tumanining oʻziga xos xalq ogʻzaki ijodini mukammal oʻrganib, hatto tadqiq qilgan, ana shu bebaho durdonalardan ilhomlanib “1001 salom” kitobini yozgan Tursunboy Abdullayev ijodidan nafaqat oʻquvchi-yoshlar, hatto maktab oʻqituvchilari ham bahra oldilar...
Uchrashuvda “Salomchi mening unvonim”, “Keldim, dovonlar oshib” kitoblarining muallifi, shoir va faxriy ustoz Ahmad Nafasov oʻquvchilarga oʻzining ustozi Tursunboy Abdullayev hayoti va ijodiy faoliyati, uning shaxs sifatidagi shakllanish jarayoni, bundan ham muhimi, shoirlik maqomi haqida hikoya qiluvchi “Salomchi mening unvonim” kitobining yozilishi tarizi, kitobda jam boʻlgan har bir satr kelin salomlarining xalq maʼnaviy hayotida tutgan oʻrni haqida soʻzlab berdi. Shu bilan birga, Ahmad Nafasov oʻzining yangi sheʼrlaridan oʻqib, oʻquvchi-yoshlarning savollariga javob berdi.
Eng koʻp savollar Tursunboy Abdullayev ijodi bilan bogʻliq boʻldi. Oʻquvchi-yoshlar “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalarida chop etilgan “Xitoyqishloq hangomalari” turkumidagi hajviyalarning hayotda prototipi bor yoki yoʻqligi bilan qiziqdilar. Shuningdek, Ahmad Nafasovning “Salomchi mening unvonim” kitobidagi kelin salomlari qachon yozilgan, bu kelin salomlarida nomlari zikr etilgan insonlar xususida soʻradilar. T.Abdullayev oʻquvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berib, “Xitoy qishloq hangomalari”dagi soddadil qahramonlarning barchasi oʻzimizning eldoshlarimiz ekanligini, ana shunday chapani, goh shaddod, goh sodda va samimiy yurtdoshlarimiz oʻziga ilhom baxsh etishini faxrlanib soʻzladi.


Uchrashuv davomida oʻquvchi-yoshlar Oʻzbekiston Xalq shoirlari M.Yusuf, A.Oripov, E.Vohidov sheʼrlaridan ham oʻqib berishdi.
Sheʼrxonlik, samimiy muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda ijodkor yoshlar ham oʻz ijodlaridan namunalar oʻqishdi. Ustoz shoirlarning samimiy suhbatlari. sheʼrlari va ibratli hikoyalari oʻquvchilar qalbida adabiyotga, sheʼriyatga ixlos tuygʻularini uygʻotib, ona Vatanga muhabbat, oʻzaro mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamladi. Muhimi, oʻquvchi-yoshlar nazmiy va nasriy suhbatlardan katta maʼnaviy oziq oldilar.

Risolat Ibragimova,
42-sonli maktabning ijodiy-madaniy ishlar targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026