Fuqarolar yiğinlari raislari saylovini munosib tarzda ötkazişga bağişlangan seminar bölib ötdi
Mahalla raislari saylovi – mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqelik sanaladi. Maʼlumki, 2022-yil 16-mart kuni bölib ötgan Oliy Majlis Senati Kengaşining yiğilişida fuqarolar yiğinlari raislarining vakolat muddati tugaşi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi hamda “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi va “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi qonunlariga muvofiq saylov joriy yilning may oyida ötkazilişi belgilangan edi.
Uşbu qonun ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumanida mavjud 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida saylovga puxta tayyorgarlik körildi.
Fuqarolar yiğinlari raislari saylovini demokratik tamoyillarga rioya qilgan holda munosib tarzda ötkaziş maqsadida fuqarolar yiğinlari raislari saylovini taşkil qiliş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi aʼzolari, hamda mahallalardagi işçi guruhlar uçun öquv seminarlari ötkazilib kelinmoqda.
Şunday seminarlardan biri 10-may kuni tuman hokimligining katta majlislar zalida Qoraqolpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari — Oila va xotin-qizlar qömitasi boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining fuqarolar yiğinlari raislari saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi komissiyasi aʼzosi Maryam Ahmedova hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti öqituvçisi Ilhom Matçanov boşçiligida bölib ötdi.
Seminarda dastlab saylov jarayonlarini qonun talablari asosida taşkil qiliş va ötkaziş böyiça dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Şundan söng, tuman Adliya bölimi boşliği Möminjon Matyusupovning saylov jarayonlarini qonun talablari asosida ötkaziş, fuqarolarning saylovda iştirok etişga oid konstitutsiyaviy huquqlarini töliq röyobga çiqariş uçun zarur bölgan barça taşkiliy-huquqiy şart-şaroitlarni yaratiş böyiça tavsiyalari tinglandi.
Seminar davomida tuman hokimligining taşkiliy nazorat guruhi yetakçi mutahassisi Azat Almuratov işçi guruh vakolatlari va majburiyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Taʼkidlanganidek, işçi guruh saylovni taşkil etiş va ötkaziş masalalari yuzasidan aholi örtasida tuşuntiriş işlarini olib boradi. Saylov ötkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi. Hovlilar, uylar, köçalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi böyiça umumiy yiğilişlarini taşkil etadi va ötkazadi.

Seminar davomida fuqarolar yiğinlari raislari saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi raisi Ğulomjon Yeşniyozovning aholini saylovga jalb qiliş hamda saylov jarayonlarini keng yoritiş böyiça maʼruzasi tinglandi.
Şundan söng Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Ğulomjon Duysenbayevning saylovni ötkaziş tartibi, ovoz beriş şakli hamda yakuniy natijalarni çiqariş borasidagi maʼlumotlari tinglandi. Qayd etilganidek, ovoz beriş jarayoni yaşirin tarzda, maxsus kabinalarda amalga oşiriladi.
Şundan söng, seminar iştirokçilari özlarini qiziqtirgan savollar bilan masʼullarga murojaat qilib, tegişliça javoblar oldilar.
Şu örinda aytiş kerakki, bu galgi saylovlar mamlakatimiz rivojlanişining yangi bosqiçida, jumladan, mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oşiriş, uni jamoatçilik boşqaruvi va nazoratining tayanç omiliga aylantiriş borasidagi muhim islohotlar davrida ötkazilayotgani va uşbu yilning ham “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili” deb nomlangani mahallaning Vatan taraqqiyotida katta ahamiyatga ega ekanligini yaqqol namoyon qiladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶