XOTIRA VA QADRLAŞ KUNIDA AMUDARYoLIK MEHNAT FRONTI FAXRIYLARIGA SOVĞALAR TOPŞIRILDI
Yurtimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlaş kuni sifatida keng nişonlanadi. Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan ajdodlar xotirasiga çuqur hurmat bajo keltirib, faşizmga qarşi janglarda, mehnat frontida jonbozlik körsatgan faxriylarga alohida eʼtibor va ehtirom körsatiladi. Şu munosabat bilan amudaryolik bir guruh mutasaddilar tumanimizning barça ovul va mahallalarida bölib, mehnat fronti faxriylari holidan xabar oldilar.
9-may kuni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev ham tuman hududidagi mehnat faxriylari xonadonlariga taşrif buyurdi.
Tumanimizda 50 nafarga yaqin mehnat fronti faxriylari yaşab kelmoqda. Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hududlarga borib bugungi zamonamiz qahramonlari holidan xabar oldi va ular bilan maşʼum uruş yillaridagi xotiralari haqida suhbatlaşdi. Bayram munosabati bilan sovğalar berib, öşa yillardagi zalvorli mehnatlar evaziga bunyod bölgan bugungi tinç va osoyişta hayot uçun ularga minnatdorçilik bildirdi. Taşrif davomida maktab öquvçilari uruş yillaridagi qöşiqlarni kuylab, tinçlik haqida şeʼrlar aytib, nuroniylar könglini xuşnud etdilar.
Maʼlumki, Prezidentimizning 1-maydagi tegişli Farmonida 9-may arafasida uruş qatnaşçilari, kontslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bölgan fuqarolarga 15 million sömdan beriş közda tutilgan edi. Şuningdek, ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida mutasaddilarga yolğiz yaşayotgan va özgalar parvarişiga muhtoj odamlardan şaxsan xabar olib, ularga sovğa-salomlarni yetkaziş, uruş qatnaşçilari, kontslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bölgan fuqarolarning har birining xonadoniga şaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovğalarni tantanali ravişda topşiriş, 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan şaxsan uçraşib, holidan xabar oliş va sovğa-salomlar yetkaziş topşirildi.
Şunga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari — Oila va xotin-qizlar qömitasi boşliği Maryam Ahmedova ham Amudaryo tumani hokimi örinbosari — oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova bilan birgalikda amudaryolik yuz yoşdan oşgan onaxonlar holidan xabar olişdi.
Xizr eli mahallasida istiqomat qiluvçi 107 yoşli onaxon Parda Bekniyozova hamda Çoyköl ovulida yaşovçi 105 yoşli Katça Bekanovalarga esdalik sovğalarini topşirişdi. Mehmonlar onaxonlarni 9-may — Xotira va qadrlaş kuni bayrami bilan muborakbod etib, uruş davrida va uruşdan keyingi yillarda mehnat frontida qilgan maşaqqatli xizmatlarini eʼtirof etişdi. Xalqimizning bugungi tinç va osoyişta zamonlarga yetib kelişiga özlarining munosib hissalarini qöşgan mehnat fronti faxriylariga esdalik sovğalarini topşirişdi.
Şuningdek, tuman prokurori Aziz Rözmetov ham tuman hududidagi front orti mehnat faxriylari holidan xabar oliş uçun ularning xonadonlariga taşrif buyurdi. Prokuror faxriylar bilan suhbatlaşib, bayram bilan tabrikladi. Ularga Vatan tinçligi yölidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uçun minnatdorçilik bildirib, sovğalar topşirdi.
Şu kuni Milliy gvardiyaning tumandagi Qöriqlaş bölimi, tuman Içki işlar bölimi, davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari harbiylari va fuqarolar yiğini masʼullari Dörman ovulida yaşovçi 90 yoşdan oşgan Yöldoş bobo Matmurodovning xonadoniga taşrif buyurdilar.
Uruşda mardlarça qahramonlik körsatgan faxriylarimizning yurtimiz tinçligi uçun çekkan zahmati, uruş orti mehnat frontida jonbozlik körsatib, hayot qiyinçiliklarini sabot bilan yenggan ota-bobolarimizning maşaqqatli hayoti biz uçun haqiqiy ibrat maktabidir.
Ozoda Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶