69-SONLI MAKTABDA “XOTIRA – AZIZ, QADR – MUQADDAS” DEB NOMLANGAN XOTIRA KEÇASI ÖTKAZILDI
Mamlakatimiz böylab 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan turli tadbirlar, uçraşuvlar va xotira keçalari taşkil etilmoqda. Bayram arafasida şu aziz Vatan ozodligi uçun jonini qurbon qilgan mardlar, jasur öğlonlar yodga olinib, ularning qahramonliklari yoş avlodga namuna qilib körsatilmoqda.
7-may kuni Amudaryo tumanidagi 69-sonli maktabda Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab, “Xotira – aziz, qadr – muqaddas” deb nomlangan uçraşuv keçasi ötkazildi. Keçaga Ayoqçi mahallasida yaşovçi sobiq afğon uruşi qatnaşçilari Qöziboy Davletov, Ozod Yesanov, Haytimbat Jumatovlar taklif etildi. Şuningdek, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Jörabek Tajimurodov, tarix fani öqituvçilardan Roza Jumamurodova, Şarofat Abduraimova, Dilşod Xudanovlar, boşlanğiç taʼlim öqituvçisi Adiba Ahmedova, çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani rahbari Ikrom Gulimbetov, maktab ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi Sanamjon Matyakubova, öqituvçilar Mahbuba Sariyeva, Xosiyat Örozboyeva hamda boşqalar iştirok etdilar.
Tadbirni maktab öquvçilari Siroj Yöldoşev hamda Aziza Ozodovalar olib borişdi. Sobiq afğon uruşi qatnaşçilari öquvçi-yoşlarga uruş xotiralari haqida gapirib, bugungi tinç-osoyişta kunlarimiz uçun jonini fido qilgan jasur yurtdoşlarimizning muqaddas xotirasini eʼzozlaş va faxriylarimizning hurmatini joyiga qöyiş yurtimizda ezgu anʼanaga aylanganini aytib ötişdi. Suhbat davomida uruş xotiralaridan sözlab berib, bugungi dorilamon kunlarni qadrlaşni nasihat qildilar. Şu bilan birga yiğilganlarga dunyo xalqlari boşiga musibat solgan maşʼum Ikkinçi jahon uruşi, öşa oğir kunlarni matonat bilan yengib ötgan ota-bobolarimizning yengilmas irodasi, çeksiz matonati haqida gapirib ötdilar.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlaş kuni sifatida keng nişonlanadi. Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan qozonilgan ğalabaga munosib hissa qöşgan, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining xotirasini abadiylaştiriş, oramizdagi barça faxriylarga hurmat-ehtirom körsatiş borasida har yili muayyan işlar amalga oşirilyapti. Umuman, Xotira va qadrlaş kuni çinakam milliy – umumxalq bayramimizga aylandi.
Xotira keçasida maktab öqituvçilari ham Ikkinçi jahon uruşida Özbekistonning ğalabaga qöşgan hissasi, Özbekistondan frontga jönab ketgan öğlonlarning jasorati, yurtdoşlarimizning front ortidagi matonatli va fidokorona mehnati, Özbekistonga evakuatsiya qilingan gödaklar, onalar, qariyalar, bemorlarga körsatilgan mehr-muruvvat, saxovat, bağrikenglik haqida qiziqarli tarixiy hikoyalar aytib berdilar.
Tadbir davomida maktab öquvçilari tinçlik, Vatan haqida şeʼrlar, qöşiqlar, şöx raqslar ijro etib, yiğilganlarga xuş kayfiyat baxş etdilar.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶