14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:17
Fan va taʼlim 👁 286

1-sonli maktab oʻquvchilari Xotira va qadrlash kunini keng nishonlashdi

1-sonli maktab oʻquvchilari Xotira va qadrlash kunini keng nishonlashdi

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham oʻz Vatani ozod, hur va obod boʻlishi uchun kurashgan insonlar xotirasiga bagʻishlab turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib, milliy qahramonlarimizning xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatilmoqda. Oʻtganlarni, ularning xayrli ishlarini yodga olmoq, jasoratlari haqida bugungi yoshlarni xabardor qilmoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Ayniqsa Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan yurtdoshlarimizni xotirasini adabiylashtirish, olovli janggohlarda bemisl azob-uqubatlarni sabr-bardosh bilan yengib, elimizga omon qaytib, yarimjon holida ham yurtimiz ravnaqi uchun turli sohalarda mehnat qilgan urush qatnashchilarini esga olish ham ulkan tarbiya maktabidir. Chunki bugungiday dorilomon kunlar oʻz-oʻzidan kelmagan. Bugungi baxtiyor zamonamiz ota-bobolarimiz zahmatli mehnatlari, mashaqqatlari mevasidir.

Shu yilning 6-may sanasida tumanimizdagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 3-A sinfida tashkillashtirilgan “Xotira – muqaddas, qadr – ulugʻ” deb nomlangan tadbirda ham shu haqda batafsil soʻz bordi.

Tadbirga mazkur sinf oʻquvchilaridan tashqari maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Sanobar Murodova, ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Shohida Jabborberganova, ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi Zulfiya Ollayorova va fan oʻqituvchilari, tumanimizda joylashgan 92-02 harbiy qism xizmatchisi Sherzod Otaboyev, oʻquvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar. Boshlovchilar oʻzbek va rus tillarida ishtirokchilarga salom berib, 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbir boshlanishini eʼlon qildilar. Koʻngillarda faxr, joʻshqinlik uygʻotib davlatimiz madhiyasi yangradi.

3-A sinf rahbari, tadbir tashkilotchisi Gulnora Yoʻldosheva, 92-02 harbiy qism xizmatchisi Sherzod Otaboyev, maktab ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi Zulfiya Ollayorovalar yurtimizda keng nishonlanayotgan 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami mohiyati haqida, Ikkinchi jahon urushi, front orti mehnat faxriylariga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar haqida gapirdilar. Achinarlisi, janggohlardan omon qaytib urushdan keyingi ogʻir tiklanish yillarida ham mardona mehnat qilgan insonlar safi tobora kamayib borayapti, oʻsha mashʼum urush qahramonlarining koʻpchiligi dunyodan oʻtib ketishdi. 1-sonli maktab hududida ham urush qatnashchilari bor edi.

Tadbirda oʻquvchilar davraga ularning portretlarini olib chiqishib, har biri haqida maʼlumotlar aytishdi. Urushni laʼnatlovchi, tinchlik-osoyishtalikni ulugʻlovchi sheʼrlar, qoʻshiqlar ijro etishdi.

Tadbir barchada ulkan taassurotlar qoldirdi, koʻngillarida bugungiday hur va baxtiyor zamonamizga, tinchlik-osoyishtaligimizga hurmat hissini yuksaltirdi, doimo ogoh va hushyor yashashga chorladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019