Tuman hokimi S.Yoʻldashev mahalliy byudjetdan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar olib berilgan tibbiyot birlashmasiga hamda uy sovgʻa qilingan oilaga tashrif buyurdi
Maʼlumki, 28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sogʻliqni saqlash vakillari bilan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi. Yigʻilishda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sogʻliqni saqlash xodimlariga munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi islohotlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 5-may kuni Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida mahalliy byudjetdan olib berilgan umumiy qiymati 1 mlrd. 450 mln soʻmlik 8 ta zamonaviy tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish jarayoni biilan yaqindan tanishdi.
Shundan soʻng, tuman hokimi shifokorlar bilan suhbatlashib mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya asosida sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar asmalga oshirilayotanligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, kasallikni davolashdan koʻra uning oldini olish zarurligi va bu borada shifokorlar tomonidan har bir mahallada korxona va tashkilotlarda muntazam olib borilayotgan targʻibot tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazilishi kerakligi qayd etib oʻtildi.
Qolaversa, shifokorlarga yaqori texnologik davolash usullarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muhim koʻrsatmalar va topshiriqlar berib oʻtildi. Taʼkidlanganidek, tibbiyot xodimlarining mehnatlarini munosib ragʻbatlantirib borish hamda ularga munosib mehnat sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad esa faqat bitta − insonlarning har bir oʻtayotgan kunidan, qilayotgan mehnatidan rozi boʻlib yashashidir.
Shu kuni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, hokimlikning din ishlari boʻyicha bosh mutaxassisi Muzaffar Sherimbetovlar bilan birgalikda Boʻz solma mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Olimboy Davlatbayev bilan uchrashdi.
Ushbu fuqaroning yashash sharoiti mutasaddilar tomonidan oʻrganib chiqilgach, oilaga tuman hokimligi tomonidan Navoiy mahallasi hududidan xonadon sovgʻa qilingan edi. Tuman hokimi ushbu oilaga tashrifi chogʻida oila aʼzolari bilan samimiy suhbatlashdi.
Davlatboyevlar oilasi davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor hamda ishonchni Vatanimizga munosib xizmat qilib oqlashga vaʼda berib tuman hokimiga chuqur minnaddorlik bildirishdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev oila rahbarini oʻz xonadoniga ega boʻlgani bilan qutlar ekan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, hayotda oʻz oʻrnini topishga koʻmaklashish borasida koʻplab tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini va bu ishlar oʻzining ijobiy natijalarini namoyon qilayotganligini taʼkidlab, Davlatboyevlar oilasini samimiy tabrikladi.
Darhaqiqat, yurtimizda amalga oshirilayotgan jamiki ezgu amallar inson qadri uchun. Mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroga tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni bugungi islohotlardan rozi boʻlib hayot kechirishlarini taʼminlash davlatimiz siyosatining bosh maqsadidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶