KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
Sud masʼullari tomonidan oʻzlashtirish yoki rastarata yoʻli bilan talon-taroj qilish jinoyatlarining oldini olish va korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish mavzularida davra suhbati oʻtkazildi.
2022-yil 29-aprel kuni boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi masʼullari, ATB Xalqbank Amudaryo tumani filiali boshqaruvchisi Sh.Sadikova hamda bank xodimlari ishtirok etdilar.
Sud masʼullari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan davlat dasturi”ning 34-bandi ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida soʻz yuritdilar. Shuningdek, korruptsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Undan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi, oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish jinoyatining mazmun-mohiyatini toʻliq tushuntirib, tumanimizda bank sohasida bir qancha jinoyatlar sodir qilinganligini, buning oqibatida davlat va jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazilganligini, buning oqibatida ayblanuvchilarga nisbatan ozodlikda mahrum qilish jazolari qoʻllanilganligini maʼlum qildi.
Yigʻilish soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan boshqa-da savollarga javoblar olib, batafsil tushunchalarga ega boʻldilar.
S.Davletmuradov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi.
J.Oʻrazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶