MAKTABDA ESTETIK FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TADBIR BÖLIB ÖTDI
Umumiy örta taʼlim maktablarida fanlar qay darajada öqitilayotgani, öquvçilarning fan yönalişlarida belgilangan bilim, könikma va malakalarni qay darajada özlaştirayotganligi fan oyliklarida yaqqol namoyon böladi. Taʼlim sifat va samaradorligini oşirişning muhim vositalaridan biri albatta, fan oyliklaridir. Oylik doirasidagi ötkaziladigan tadbirlar iqtidorli öquvçilarning qobiliyatlarini maʼlum bir maqsadga yönaltiriş, isteʼdodli, izlanuvçan, ijodkor öqituvçilarni aniqlaş, ularning tajribalarini örganiş va umumlaştirgan holda tarğib etiş, taʼlim-tarbiya jarayonidagi qöllanilayotgan uslublarni takomillaştirişga xizmat qiladi.
Umumiy örta taʼlim maktablarida ötkaziladigan fan oyliklari 4 haftadan iborat bölib, har bir hafta uçun aniq maqsadga qaratilgan tadbirlar rejalaştiradi va bu maktabning yillik iş rejasiga kiritiladi. Uning bajarilişi monitoring qilib boriladi.
Taʼlim-tarbiya sifatini yaxşilaşda muhim omil bölib xizmat qiluvçi fan oyliklarini yuqori saviyada ötkazişga tumanimiz maktablarida ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda.
Manğit şahridagi kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslaşgan 38-sonli maktabda aprel – estetik fanlar oyligi doirasida qator tadbirlar ötkazildi. Texnologiya, musiqa taʼlimi, çizmaçilik, tasviriy sanʼat fanlarini qamrab olgan estetik fanlarga uşbu maktabda öquvçilarning qiziqişlari yuqori ekanligini taʼkidlaş joiz. Buni tadbir davomida yaqqol anglaş mumkin böldi.
Oylik doirasidagi tadbirlarning eng oxirgisi, oylik davomida amalga oşirilgan işlarning hisoboti tarzida taşkillaştirilgan tadbirda texnologiya fani öqituvçilari Muhabbat Bekimbetova, Gulasal Qurbonboyeva, Tursunoy Salayevalar rahbarligida öquvçilarning kaştaçilik, çevarlik, töqimaçilik mehnatlarining namunalari namoyiş etildi. Körgazmaga qöyilgan namunalar qaysi öquvçi ijodi ekanligi yozib qöyildi. Şuningdek, tasviriy sanʼat fani öqituvçisi Rohatoy Safarova ötgan dars maşğulotlarida va qöşimça maşğulotlarda öquvçilar çizgan turli mavzulardagi rasmlar közgazmasi ham barçada ulkan taassurotlar qoldirdi.
Milliy hunarmandçilik namunalari va rasmlar körgazmasi namoyişidan söng barça maktab faollar zaliga yiğildi va tadbirning asosiy qismi boşlandi. Tadbirga maktab öqituvçilari, öquvçilaridan taşqari bir guruh tuman Madaniyat bölimi xodimlari, sanʼatkorlar, Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi Şirin Yangiboyeva, Böston mahalla fuqarolar yiğini xodimi Barno Dösimbetovalar ham iştirok etdilar. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nazokat Yusupova oçdi. U yiğilganlarni yaqinlaşib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladi, maktabda estetik fanlar oyligi sönggi tadbiri maqsadi haqida, estetik fanlarning öquvçilar kamolotida tutgan örni haqida batafsil gapirdi.
Maktab estetika fanlari öqituvçilarining oylik doirasida amalga oşirgan işlari haqidagi maʼlumotlari tinglangaç, isteʼdodli xonanda Raşid Rahimov, Jamşid Xudoyberganov, Özbekiston Madaniyat va sanʼat instituti talabasi Şerzod Matnazarovlar ijro etgan dilrabo qöşiqlar davraga özgaça ruh bağişladi.
Şuningdek, tuman Madaniyat bölimi xodimi Nasiba Eşçanova tuman miqyosida ötkazilayotgan turli bayram tomoşalari va xalq sayllarida faol iştirok etib, tomoşabinlar eʼtiborini qozonib kelayotgani uçun maktab badiiy havaskorlaridan tuzilgan “Tasanno” guruhi rahbari va aʼzolarini Faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.
Estetik fanlar oyligi hisobot tadbiri barçada unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶