JÖQORĞI KENGESDAGI ÖZBEKISTON XDP FRAKTsIYaSI RAHBARI XALILLA YeŞIMBETOV AMUDARYo TUMANIGA TAŞRIF BUYuRDI
Hozirgi kunda mamlakat hududida boquvçisini yöqotgan oilalar, nogironligi bölgan şaxslar, pensionerlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga davlatimiz tomonidan şaroit va qulayliklar yaratilmoqda. Ayniqsa, ayollar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş ularning bandligini taʼminlaş, kasbga öqitiş, tadbirkorlikka örgatiş hamda ularga subsidiya va imtiyozli kreditlar davlatimiz tomonidan ajratilmoqda. Özbekiston Xalq demokratik partiyasi ham uşbu toifadagi fuqarolarning manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.
22-aprel kuni Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi rahbari Xalilla Yeşimbetov Amudaryo tumaniga taşrif buyurib, tuman partiya Kengaşi hamda Xalq deputatlari tuman Kengaşidagi deputatlik guruhi faoliyati bilan tanişdi.
Tuman hokimligida şu maqsadda ötkazilgan yiğilişda partiya masʼullari va faollari, deputatlar iştirok etdilar. Yiğiliş davomida ötgan davr mobaynida partiya tuman Kengaşi hamda deputatlar guruhi tomonidan amalga oşirilgan tegişli çora-tadbirlar, amaliy işlar xususida söz yuritildi. Şundan söng, Jöqorği Kengesdagi partiya fraktsiyasi rahbari Xalilla Yeşimbetov bu borada fikr-mulohazalarini maʼlum qilib, öz takliflarini kiritdi.
Şuningdek, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi lavozimiga tayinlangan Eşmanov Mahmud Egamberganoviçni tabrikladi. Undan taşqari, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida keng tarğib qiliş, amalga oşiriş borasidagi muhim vazifalar xususida keng töxtalib ötdi.
Yiğilişdan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi taşabbusi bilan eʼlon qilingan deputatlarning öz saylovçilari bilan işlaşning dolzarb ön kunligi doirasida partiya fraktsiyasi rahbari Xalilla Yeşimbetov Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati, deputatlar guruhi rahbari Maqsud Saʼdullayev bilan birgalikda Böston mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi saylovçilar bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi va uni Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yilida amalga oşiriş böyiça qabul qilingan Davlat Dasturi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi sessiyalarida qabul qilingan Qonunlar hamda qarorlarning mazmun-mohiyati xususida tuşunçalar berildi. Şu bilan birga hududdagi aholi muammolari örganilib, tegişli takliflar işlab çiqildi.
Şundan söng, partiya masʼullari Böston mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi fuqaro Hamida Otajonovaning uyida taşkil qilingan tikuvçilik tsexiga taşrif buyurdi. Hamida Otajonova 32 mln 800 ming söm miqdorida kredit olib, özi bilan yana mahalladagi 4 nafar işsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlagan. Masʼullar tsexdagi ayollar faoliyati bilan tanişib, kelgusidagi rejalarini muxokama qilişdi hamda işlarini yanada kengaytirişni tavsiya qilişdi.
Tadbir söngida yurtimiz böylab ötkazilayotgan “Yaşil makon” loyihasi doirasida köçat ekiş işlari taşkil etildi. Partiya masʼullari Böston mahallasi hududiga mevali va manzarali daraxtlar köçatlarini ötqazib, yaşil hududlar kengayişiga öz hissalarini qöşişdi.
M.Saʼdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶