Ğöza maydonlarida agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilişi böyiça körgazmali seminar bölib ötdi
Bahorning har bir kunini ğanimat bilgan dehqonlar çigit ekiş işlarini yakunlab, ğöza parvarişini boşlab yuborişdi.
22-aprel kuni Çoykul ovuli hududidagi “Çoyköl-Döstlik” fermer xöjaligida 2022-yilgi hosil uçun çigit ekilgan maydonlarda ğöza qator oralariga birinçi işlov beriş uçun taşkil etilgan kultivatsiya otryadlarining faoliyatini samarali yölga qöyişga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi.
Seminarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Anvar Yöldaşev, tuman hokimi örinbosari Islom Matkarimov, “Amudaryotex” masʼuliyati çeklangan jamiyati klasteri rahbari Fayzulla Saʼdullayev, sektorlar rahbarlari şuningdek, fermer xöjaligi raislari iştirok etdi.
Seminar davomida tumanda faoliyat yuritayotgan 352 ta fermer xöjaligi maydonlarida ekilgan ğözalarni parvarişlaş, ğöza qator oralariga işlov beriş, kultivatsiya qiliş, çuqur yumşatiş kabi muhim jarayonlar haqida batafsil töxtalib ötildi.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, tumanda mavjud 352 ta fermer xöjaligi maydonlarining 13 ming 900 gektar maydonida çigitlar ekilgan. Ayni kunlarda çigitlar unib çiqqan maydonlarda agrotexnik tadbirlar boşlab yuborilgan.
“Çoyköl-Döstlik” fermer xöjaligida bölib ötgan seminarda maydonlarda öqariqlarni oliş, suvdan tejamkor foydalaniş bilan boğliq çora-tadbirlarni bajariş tartibi batafsil tuşuntirildi.

Şuningdek işçilarga, eng avvalo, mexanizatorlarga barça şart-şaroitlarni yaratiş, oyliklarini öz vaqtida yetkazib beriş zarurligi alohida taʼkidlandi.
Ekilgan ğözalarni parvarişlaş vaqtida suğoriş, begona ötlardan himoya qiliş, mineral öğitlar bilan vaqtida oziqlantirib boriş yaqin oylar içida fermer xöjaliklari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalar ekani qayd etildi. Ayniqsa, uruğçilik xöjaliklarida bu masalalarga jiddiy eʼtibor qaratiş lozimligi taʼkidlandi. Boisi, kelgusi yil paxta hosilining möl va sifatli bölişi bu yil yetiştiriladigan uruğlikning soğlom va talabga javob beradigan bölişiga boğliq.
Seminarda taʼkidlanganidek, fermer xöjaligi maydonlarida bir tekis unib çiqqan ğöza nihollari azotli, fosforli, kaliyli öğitlar bilan oziqlantirilib, navlarning tozaligi va sifatli ösişi uçun zarur kuç va vositalar töliq yönaltirilgan taqdirdagina möl paxta hosili oliş mumkin.
Seminar davomida ğöza parvarişi bilan bir qatorda, ğallaçilik va pillaçilik bilan boğliq masalalar ham tuman sektorlar rahbarlari va masʼullar iştirokida muhokama qilindi va amalga oşiriş lozim bölgan masalalar kelişib olindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶