FUQARO MUHOFAZASI KUNI MUNOSABATI BILAN MAXSUS-TAKTIK ÖQUV MAŞQI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boşliğining şu yil 31-martdagi “Amudaryo tumani hududida 1-apreldan 1-mayga qadar “Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va fuqaro muhofazasi oyligi”ni taşkil etiş va ötkaziş töğrisida”gi 5-sonli buyruği talablariga asosan amaliy maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi.
Qipçoq ovulidagi 11-sonli maktabda bölib ötgan öquv maşqida Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimi, kapitan Bekzod Tajiboyev, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimi Muborak Qalandarova, maktab direktori Uluğbek Mamutov, çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik böyiça rahbar Nurbek Annamuradov hamda maktab öquvçilari iştirok etdilar.
Tadbirda masʼullar tomonidan dastlab öquv maşqini ötkazişdan maqsad – tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda maktab öquvçilarining töğri harakat qiliş könikmalarini takomillaştiriş, fuqaro muhofazasi böyiça tuzilgan guruhlarni keçiktirib bölmaydigan avariya va qutqaruv işlariga tayyorgarligini kuçaytirişdan iborat ekanligi tuşuntirildi. Şuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi guruhlari öz majburiyatlarini aniq va töğri bajarişni amaliyotda sinaşi va örganib borişi muhim ahamiyatga egaligi, tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari takomillaştirilib borilişi kerakligi aytib ötildi.
Öquv maşqining amaliy qismi ikki bosqiçda ötkazildi. Birinçi bosqiçda “Maktabda yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi guruhlari va maktab rahbariyatining harakatlari” mavzusidagi öquv maşqining nazariy qismida kun tartibidagi masala böyiça öquvçilarga keng tuşunçalar berildi. Şundan söng, öquvçilar guruhlarga ajratib olindi.
Tadbirning ikkinçi bosqiçida maktabda kutilmagan avariyalar, favqulodda holat sodir bölganda jabrlanganlarga Fuqaro muhofazasi guruhlari, tuman Yonğin-qutqaruv qismlar hamda Tez tibbiy yordam tomonidan qutqariş va birinçi tibbiy yordam körsatiş çoralari amalda bajarilib, körsatib berildi.
Öquv maşqiga maktab rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 26 nafar öquvçilar, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimidan 6 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, Tez tibbiy yordamdan 3 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika jalb qilindi. Şuningdek, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimidan 1 nafar xodim, öqituvçi va öquvçilaridan 72 nafari iştirok etişdi.
Maşğulot yakunida 11-sonli maktabning rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari guruhlari şaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakat qilişga tayyor emas, deb baholandi. Tadbirga taşrif buyurgan masʼullar öquv-maşq maşğulotlari davomida iştirokçilar tomonidan yöl qöyilgan kamçiliklar körsatilib berildi. Kelgusida bunday kamçiliklarga yöl qöymasliklari kerakligi, favqulodda vaziyatlarga doim tayyor turiş lozimligi, aks holda kutilmagan xavfli hodisalar oğir oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkinligi aytib ötildi.
Ğ.Öralov, tuman FVB boşliği örinbosari, podpolkovnik.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶