1-SONLI MAKTABGA AQŞNING ÖZBEKISTONDAGI ELÇIXONASI XODIMI TAŞRIF BUYuRDI
Bugungi kunda ilm-fan yutuqlaridan xabardor böliş, turli sohalarda qöllanilayotgan zamonaviy texnika va uskunalarni özlaştiriş, çet ellik mutaxassislarning boy tajribasidan foydalana oliş uçun çet tillarni biliş juda muhim. Keyingi yillarda mamlakatimiz taʼlim muassasalarida yoşlarga xorijiy tillarni örgatiş masalasiga juddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa dunyodagi yetakçi til hisoblanmiş ingliz tilini öqitiş, öquvçi yoşlarning uşbu tilda bemalol muloqot qila olişlariga erişiş maqsadida köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilayotir. Buningdek saʼy-harakatlar samarasida umumiy örta taʼlim maktablarini tugatayotgan yoşlarning xorijiy oliygohlarga öqişga kirayotganlari safi tobora ortmoqda.
14-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabiga öquvçilarning ingliz tilini örganiş darajasi bilan tanişiş, şuningdek, özining ingliz tilini yanada oson va tez örgatiş loyihasi bilan taniştiriş maqsadida Amerika Qöşma ştatlarining Özbekistondagi elçixonasi xodimi Maurin Runney taşrif buyurdi.
Janob Runney maktabda özining ingliz tilini oson va çuqur örgatiş loyihasi afzalliklari haqida maʼruza qildi. Loyiha maqsadi maktab öquvçilarining, barça aholining ingliz tilini çuqur örganib, mazkur tilda bemalol muloqot qila oliş, özlarining fikrlarini erkin bayon qila oliş könikmasiga ega bölişlariga yordam berişdir.
Tadbirda maktabning ingliz tili fani öqituvçilari Muhabbat Xudoyberganova, Zivar Otajonova, Qadamboy Allaberganov, Fariza Rajabova, Irodaxon Safarboyeva, Barno Yeşimbetova, Mavluda Usmonovalar professor Maurin Runney janoblari bilan ingliz tilini öqitişning istiqbolli metodlari haqida, tilni örganişning ahamiyati va bugungi kunda dunyoning barça davlatlarida uni örgatişga eʼtibor oşayotgani haqida qizğin suhbatlaşdilar. Mehmon özining ingliz tilini öqitiş loyihasidagi öziga xosliklar, metodlar haqida batafsil tuşunça berdi va bundan maktab xorijiy til öqituvçilari ulkan taassurotlar oldilar.

Tadbirda Fariza Rajabova maktabning 7-B sinfida “Dunyoning diqqatga sazovor joylari” mavzusida namunaviy dars ötdi va bu jarayonni diqqat bilan kuzatgan mehmon öqituvçi mahoratiga yuqori baho berdi. Dars jarayonida öquvçilarning ustozi bilan bemalol ingliz tilida muloqot qilib, öz fikrlarini mustaqil bildira olişi mehmonda zör taassurotlar qoldirdi. U öqituvçilarning, öquvçilarning bergan savollariga batafsil javoblar berdi.
Til bilgan – el biladi, deydi xalqimiz. Mamlakatimizda yoşlarini el biladigan ilmli, iqtidorli, maʼnaviyatli, dunyo yoşlari bilan bemalol bellaşa oladigan, salohiyati yuksak qilib voyaga yetkaziş, şu qatorda xorijiy tillarni puxta özlaştirişlariga erişiş borasida olib borilayotgan izçil harakatlar öz samarasini bermoqda. Buni maktablar partalarida ötirib, xorijiy tillarda burro-burro sözlayotgan öquvçilar misolida ham yaqqol körişimiz mumkin.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶