Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
Yurtimizda ertangi kun egalari boʻlgan yoshlarning bilim olishi kasb-hunar egallashi uchun barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilgan. Shunisi quvonarliki, davlatimiz tomonidan uzoq vaqt davolanishga muhtoj, imkoniyati cheklangan bolalar uchun uyda yakka tartibda taʼlim berish usuli ham yoʻlga qoʻyilgan. Uyda yakka tartibda taʼlim berishning asosiy maqsadi oʻquvchilarning taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash hamda ularning taʼlim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.
Yaqinda Amudaryo tumani prokurori katta yordamchisi Abbaz Niyazimbetov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismoilovlar muborak Ramazon oyi munosabati bilan hamda yakka tartibda taʼlim oluvchilar uchun yaratilagan qulay shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida ularning xonadonida boʻlishdi.
Jumladan, 82-sonli umutaʼlim maktabining 4-sinfida yakka tartibda tahsil olayotgan oʻquvchi Baxtiyor Maqsudovning holidan xabar olindi. Masʼullar Baxtiyor bilan yaqindan suhbatlashish asnosida oʻqituvchi-murabbiylarning taʼlim berish jarayonida qoʻllayotgan metodik uslublari, taʼlim metodlari oʻquvchining taʼlim olishga boʻlgan itilish va qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilayoganligini eʼtirof etishib, taʼlim olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatladilar.
Shundan soʻng masʼullar Tosh yop ovulida joylashgan 76-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 2-sinfida yakka tartibda taʼlim oluvchi oʻquvchi Abror Allamberganovning holidan xabar oldilar.
Masʼullar oʻquvchining shaxsiy qiziqishlari, mutolaa qiladigan badiiy asarlarining mavzu va gʻoyasi, shuningdek internetdan foydalanish madaniyati boʻyicha fikrlarini tinglab, zaruriy maslahat va tavsiyalarini berdilar.
Shu kunning oʻzida tuman prokraturasi va tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan Arnaboʻyi mahallasida yashovchi, nevrolog shifokor dispanser nazoratida turuvchi fuqaro Qizlargul Rajapova holidan ham xabar olindi.
Fuqaroga tuman prokraturasi tomonidan nogironlik aravachasi, oziq-ovqat mahsulotlari hamda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan umumiy quvvatlantiruvchi, qon bosim kasalligiga qarshi hamda yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi uchun dori-darmon vositalari berildi.
Shuningdek, ushbu fuqaroning holidan doimiy ravishda xabar olinib, muntazam ravishda shifokor nazoratida boʻlishi hamda salomatligini tiklash boʻyicha amaliy yordamlar berib borilishi maʼlum qilindi.
Darhaqiqat, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kamxarj oilalar holidan xabar olish, ularga koʻmak koʻrsatish millatimizning oliy insoniy qadriyatlaridan biridir. Ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga yordam berish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash jamiyatdagi ijtimoiy tenglikning muhim omillaridan biridir.
Amudaryo tumani prakaturasi, Xalq taʼlim boʻlimi va Tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan Ramazon oyida tashkil etilgan ushbu xayriya tadbirlari ana shu ezgu niyatlarni oʻzida mujassamlashtirgani bilan yanada ahamiyatlidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶