QORAQALPOGʻISTON KONSTITUTsIYaSINING 29-YILLIGI MUNOSABATI BILAN TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul etilganining 29-yilligi munosabati bilan tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi huquqshunoslari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarda manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
2022-yil 4-aprel kunidan boshlangan tadbirlarda Asosiy qonunimiz boʻlgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati hamda jamiyatdagi oʻrni haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, keyingi yillarda mamlakatimiz ham jamiyatimizning rivojlanishi, sud-huquq tizimidagi islohotlar natijasida Konstitutsiyamizga kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.
Bundan tashqari, targʻibot tadbirlari davomida qonunchilikdagi yangiliklarga ham toʻxtalib oʻtildi va xodimlarni qiziqtirgan savollarga amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda javoblar berildi.
N.Jumaniyozova, tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶