QORAQALPOĞISTON KONSTITUTsIYaSINING 29 YILLIGIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Bundan 29-yil oldin, aniqroği 1993-yil 9-aprel kuni XII çaqiriq Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy Kengaşining XII sessiyasida asosiy qonunimiz bölgan Konstitutsiyamiz qabul qilindi. 9-aprel – umumxalq bayram deb eʼlon qilindi. Bu bayramni xalqimiz davlatimizdagi adolatni, qonun ustuvorligini his qilgan holda erkin demokratik fuqarolik jamiyat, huquqiy davlat quriş yölidagi işonçli qadam taşlagan kun sifatida har yili tantanali ravişda nişonlanib kelinmoqda.
Sana munosabati bilan 82-sonli maktabda tumandagi “Madad” huquqiy maslahat byurosi va Yuridik xizmat körsatiş markazi huquqşunoslari iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Tadbirda sözga çiqqan “Madad” huquqiy maslahat byurosi boş mutaxassisi Davron Pirmanov, Yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği Nilufar Jumaniyozova va boşqa huquqşunoslar har bir davlatning asosiy qomusi hisoblanuvçi konstitutsiyaning huquqiy negizi, uning tub mohiyati, jamiyatda u orqali belgilab berilgan har bir munosabat töğrisida sözlab, teran fikrlar bildirişdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bölim, 26 bob, 121 moddadan iborat bölib, uning barça moddalarida dunyoda umumeʼtirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalari va boşqa bir qator xalqaro hujjatlardagi umuminsoniy tamoyillar mazmuni mujassamdir.
Konstitutsiyaning muqaddima qismida Qoraqalpoğiston Respublikasi konstitutsiyasini qabul qiliş maqsadi körsatilgan. Birinçi bölimda asosiy printsiplar belgilangan, yaʼni davlat suvereniteti, xalq hokimiyatçiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, Qoraqalpoğistan Respublikasining xalqaro va taşqi iqtisodiy aloqalariga bağişlangan. Konstitutsiyaning 11-moddasida Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatiga bölinişi printsipiga asoslanişi körsatib ötilgan.
Ikkinçi bölimda inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burçlari belgilangan. Uşbu bölim umumiy qoidalar, fuqarolik, şaxsiy huquqlar va erkinliklar, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni, şuningdek, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari va fuqarolarning burçlarini öz içiga oladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ötkazilgan tadbirda Konstitutsiyaga kiritilgan oxirgi özgartiriş va qöşimçalar xususida ham keng turda maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlanganidek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy Kengaşining 1994-yil 26-fevraldagi ön beşinçi sessiyasida, birinçi çaqiriq Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining 1995-yil 31-oktyabrdagi törtinçi va 1997-yil 15-dekabrdagi ön uçinçi sessiyalarida, ikkinçi çaqiriq Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining 2003-yil 12-noyabrdagi ön ikkinçi sessiyasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan. Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining 2014-yil 27-iyundagi ön beşinçi sessiyasida, 2019-yil 29-iyundagi yigirma oltinçi sessiyasida, 2019-yil 16-dekabrdagi yigirma töqqizinçi sessiyasida va 2021-yil 12-fevraldagi ön beşinçi sessiyasida ham Konstitutsiyaga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan meʼyor va printsiplar demokratik huquqiy davlat quriş, inson huquq va erkinliklarini taʼminlaşda eng muhim hujjat bölib hisoblanadi. Şubhasiz, Qomusimiz yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori bölib xizmat qiladi.
M.Matyusupov, tuman Yuridik xizmat körsatiş markazi boş yuriskonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶