TUMANIMIZDA ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI RAISI KUBOGI UÇUN FUTBOL, MINI FUTBOL BÖYIÇA MUSOBAQALARGA START BERILDI
Sport qadimdan odamlarni birdamlikka, hamkorlikka va tinç-totuvlikka çorlovçi muhim vosita bölib kelgan.
Sport kişini jismonan çiniqtiribgina qolmay, maʼnaviy dunyosini boyitişga, öz yurti şarafini munosib himoya qilişga örgatadi. Şu boisdan ham mamlakatimizda sportning ommaviyligiga erişiş, aholi qatlamlari orasida turli musobaqalar ötkazib, iqtidorlilarni rağbatlantirib borişga eʼtibor kuçaymoqda.
Mamlakatimizning qişloq va mahallalarida yaşovçi uyuşmagan yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, ularning öz qobiliyatlarini namoyiş etişlariga şaroit yaratiş va könglida vatanparvarlik tuyğularini yuksaltiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uçun sportning futbol va mini futbol turlari böyiça musobaqalar ötkazilmoqda.
Uşbu musobaqaning Amudaryo tumani saralaş bosqiçi boşlanişi bayram tusini oldi. Şu yilning 5-aprel kuni Manğit şahrining Çordara mahallasidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonçasida bölib ötgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, sektorlar rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bölimi boşliği Sultanmurat Jolimbetov, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, turizm va sport bölimi boşliği Ğulomjon Qurbonboyev, tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov hamda yoş sportçilar qatnaşdilar.
Bayramona bezatilgan sunʼiy qoplamali maydonçada saf tortgan sportning futbol, mini futbol turlari bilan şuğullanayotgan mahallalar yoşlarini tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev qizğin muborakbod etdi va Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uçun boşlanayotgan uşbu nufuzli bellaşuvda barça jamoalarni muvaffaqiyatli iştirok etişga va ğolib bölişga çaqirdi.
Qayd etiş lozimki uşbu musobaqaning ilk bosqiçida tumanimizdagi 49 ta mahallalarning har biridan bittadan, jami 49 ta jamoalar iştirok etadi.
Tadbirda iştirok etgan Davlat xavfsizlik xizmati tuman bölimi boşliği, tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi direktori Çorşam Tojimurodovlar sport maktab hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimlari, tuman hokimligi Turizm va sport bölimi hamkorligida taşkillaştirilayotgan uşbu musobaqa 16 yoşdan 30 yoşgaça bölgan futbol işqibozlari jamlangan barça jamoalar uçun unutilmas voqea bölib qolişini taʼkidladilar.
Tadbirda musobaqaning ilk bosqiçida qaysi jamoa kim bilan ğoliblik uçun töp surişini aniqlaş uçun qurʼa taşlandi. Futbol, mini futbol işqibozlari jamoalari uç bosqiçda – tuman saralaş, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar, Toşkent şahri böyiça saralaş va final musobaqalarida özaro kuç sinaşadilar.
Sönggi yillarda anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan uşbu musobaqa minglab yoşlarni qamrab olmoqda va tobora nufuzi ortib bormoqda.
Musobaqaning avgust oyida bölib ötadigan final bosqiçida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan öz hududlarida ğolib bölgan 14 ta jamoalar bellaşadi. Ğolib jamoaga özlari istiqomat qiluvçi hududda mini futbol maydonçasi, 2-, 3-örinlar egalariga esa “Workout” trenajyor maydonçalari qurib beriladi. Tumanimiz yoşlariga bellaşuvlarda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶