14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:06
Fan va taʼlim 👁 508

YaNGI OʻQUV MARKAZI ISh BOShLADI

YaNGI OʻQUV MARKAZI ISh BOShLADI

Mamlakatimizda keyingi yillarda taʼlim tizimiga eʼtibor tobora kuchaytirilmoqda. Maʼnan yetuk, ilgʻor davlatlar vakillari bilan bemalol raqobatlasha oladigan yoshlarni kamolga yetkazishga gʻamxoʻrliklar kuchaytirilmoqda. Davlat taʼlim muassasalari qatori bu ulugʻvor vazifalar ijrosiga yoʻnaltirilgan nodavlat taʼlim tashkilotlari soni ham kun sayin koʻpayib bormoqda.

“Nodavlat taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va taʼlim jarayonida yoshlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qaroriga koʻra nodavlat taʼlim muassasalari davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga eʼtibor berilayotgani oʻzining ijobiy samaralarini berayotir. Natijada chet tillarni, boshqada fanlarni chuqur oʻrgatishga, abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun tayyorlaydigan nodavlat taʼlim tashkilotlari kun sayin koʻpaymoqda.

Yaqinda Amudaryo tumanining Mangʻit shahri Boyovul mahallasida yana bir ana shunday nodavlat taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Yuqori darajadagi oʻquv standartlariga moʻljallangan oʻquv markazi tadbirkor Hushnuddin Fayzullayev tomonidan tashkil etildi.

Markazning ingliz tilidan maksimal tayyorgarlik kurslarida har bir guruh sigʻimi 5 nafardan 10 nafargacha qilib belgilangan boʻlib, har bir oʻquvchiga ikki nafardan oʻqituvchi taʼlim beradi. Bitta dars davomiyligi 2 soatni tashkil qiladi va oʻquvchilarning ingliz tilida yozish, oʻqiy olish, gapirish va eshitish koʻnikmalari shakllantiriladi.

Oʻquv markazida zamonaviy darsliklar, elektron doska mavjud. Oʻquv markazida ingliz tilini oʻrganish istagidagi har bir oʻquvchiga uchtadan shu maqsadga qaratilgan kitob bepul taqdim etiladi va oʻquv mashgʻulotlaridan keyin hamda yakshanba kunlari oʻquvchilar bilan suhbatlar oʻtkazish, inglizcha filmlar namoyish qilish, har xil koʻngilochar baxs-munozarali tadbirlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Oʻquv markaziga ingliz tilini mukammal oʻrganish istagida tashrif buyuruvchilardan malakali oʻqituvchilar tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida test olinadi. Darsning birinchi kuni albatta, bepul.

Shunisi eʼtiborliki, ingliz tilini bilish yoshlar uchungina emas, barcha aholi uchun ham juda muhim. Shu boisdan ham farzandini ingliz tilini chuqur oʻrgatadigan oʻquv markazlariga olib boruvchi ota-onalar soni kundan kunga koʻpaymoqda. Boisi ingliz tili – xalqaro til ekanligi, ingliz tilini bilgan kishi dunyoning barcha hududlarida yashovchi fuqarolar bilan ozmi-koʻpmi muloqotga kirisha oladi. Davlatlar oʻrtasida xalqaro aloqalarning kengayishi, oʻzaro hamkorlikda ilmiy texnik kashfiyotlarning amalga oshirilishi ingliz tilini yurtdoshlarimiz uchun ham doimiy ehtiyojga aylantirmoqda.

Mangʻit shahrida yangidan tashkil etilgan “ICEBERG” oʻquv markazi ingliz tilini oʻqitishga ixtisoslashgan oʻquv markazi ham yoshlarga ushbu tilni oʻrganishga chorlaydi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019