OLIY HARBIY BILIM YuRTLARI VA “TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITsEYIDA ÖQIŞNI XOHLOVÇI YoŞLAR UÇUN TARĞIBOT TADBIRLARI ÖTKAZILMOQDA
Öğil bola borki, harbiy hayotga alohida qiziqiş va orzu bilan qaraydi. Harbiy libos kiyiş, safda yuriş qoidalarini örganişga, zamonaviy harbiy texnikalar, qurol-aslahalar sirini bilişga intiladi. Voyaga yetgaç esa harbiy libos kiyiş, ona Vatan oldidagi farzandlik burçini bajariş maqsadida armiya safida xizmat qilişga bölgan intilişi yanada kuçayadi.
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim dasturiga kiritilgan çaqiriqqa qadar bölgan tayyorgarlik fani ösmir-yoşlarning bu boradagi qiziqiş va intilişlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur fan öqituvçilari bilan harbiy soha xodimlarining nazariy va amaliy maşğulotlardan taşqari, sohaga oid yangiliklar, bilimdon va jismonan baquvvat yoşlarni Oliy harbiy bilim yurtlari, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyga öqişga kirişlari uçun tarğibot-taşviqot tadbirlarining ötkazilişi doimiy anʼanaga aylangan.
Ayni kunlarda Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi hamda bölimning çaqiriluvçilarni harbiy xizmatga tayyorlaş böyiça bölinmasi tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinflar bitiruvçilari va muddatli harbiy xizmatni ötab, zahiraga böşatilgan sobiq askarlar bilan tarğibot tadbirlari bölib ötmoqda.
Ana şunday tarğibot tadbirlaridan biri 38-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötdi. Tadbirda Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, podpolkovnik Şerzod Murodov va çaqiruvçilarni harbiy xizmatga tayyorlaş bölinmasi boşliği Roman Rözmetov, şuningdek, muddatli harbiy xizmatni ötab, zahiraga böşatilgan sobiq askarlar va umumtaʼlim maktablarining çaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani öqituvçilari iştirok etişdi.
Aynan şunday tarğibot tadbirlari Manğit şahridagi 40-sonli maktabda ham ötkazildi. Maktab direktori Sanobar Xöjamurodova, maktabning çaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani öqituvçisi vazifasini bajaruvçi Ravşanbek Reyimov va boşqalar qatnaşgan tarğibot tadbirida Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, podpolkovnik Şerzod Murodov hamda çaqiriluvçilarni harbiy xizmatga tayyorlaş bölimi boşliği Roman Rözmetovlar, şuningdek, muddatli harbiy xizmatni ötab, zahiraga böşatilgan sobiq askarlar, maktabning 9-11-sinf öquvçilari iştirok etdilar.

Tarğibot tadbirlarida mutasaddilar yoşlarga mamlakatimizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi haqida töliq maʼlumotlar berdilar. Şu bilan birga, mazkur bilim yurtlarining har yilgi qabul kvotalari, Nizomlari va nomzodlarni saralaş tanlovi, dastlabki tanlaş, harbiy kasbiy tanlov va test sinovlari, şuningdek, hujjatlarni qabul qiliş muddatlari xususida batafsil tuşunçalar berişdi.
Tarğibot tadbiri davomida öquvçi-yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barça savollarga masʼullar tomonidan aniq va batafsil javoblar berildi.
Amudaryo tumani xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 30-sonli maktabda ham şu kabi tarğibot tadbiri ötkazildi. Tadbirda maktab direktori Quvvat Niyozov, maktabning çaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani öqituvçisi Toşpölat Qöçqorov, tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, podpolkovnik Şerzod Murodov hamda çaqiriluvçilarni harbiy xizmatga tayyorlaş bölimi boşliği Roman Rözmetovlar sözga çiqib, oliy harbiy taʼlim muassasalari haqida maʼlumotlar berdi.
Tarğibot tadbirida Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği Şerzod Murodov yoşlarga Özbekiston Respublikasi Mudofaa, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida öqiş davomiyligi ikki yil bölgan “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari taşkil etilib, faoliyat olib borayotgani taʼkidladi. Şuningdek, öquvçilarga mamlakatimizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari xususida batafsil maʼlumot berildi. Şerzod Murodov amudaryolik yoşlarni va 9-sinf bitiruvçilarini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida öqişga tarğib qilib, mazkur harbiy-akademik litseyga öqişga kiruvçilar uçun beriladigan imtiyozlar hamda nazariy va jismoniy tayyorgarlik sinovlari xususida batafsil söz yuritdi.

Mamlakatimizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida öqişni xohlovçi yoşlar bilan ötkazilgan tarğibot tadbiri öquvçi-yoşlar qalbida ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qiliş va muqaddas Yurt tuproğini köz qoraçiğidan asraş tuyğusini yanada mustahkamladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶