QARZ BILAN KREDITNING FARQI NIMADA?
Koʻpchilik yurtdoshlarimiz qarz bilan kredit bitta narsa deb oʻylashadi. Aslida ularning farqli tomonlari bor.
Kredit bu — bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan jismoniy va yuridik shaxsga maʼlum kelishilgan shartlar boʻyicha aniq muddatga beriladigan mablagʻdir. Yaʼni olingan kreditni oʻrnatilgan grafik boʻyicha qaytarish va unga toʻlanadigan foizlarni toʻlash majburiyatini siz oʻz zimmangizga olasiz.
Qarz esa birinchi tomon, yaʼni qarz beruvchi qarz oluvchiga pul va boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarzni bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib qaytaradi.
Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Qarz shartnomasi va kredit shartnomasi oʻrtasidagi farq shundaki, qarz fuqarolar va yuridik shaxslar oʻrtasidagi munosabat boʻlsa, kredit bank yoki kredit tashkiloti ajratadigan mablagʻ hisoblanadi.
D.Pirmanov,
“Madad” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶