Tumanimizda çigit ekiş işlari boşlab yuborildi
Ayni kunlarda yurtimiz bobodehqonlari quyoş nurlarining tafti zamin uzra taralayotgan iliq kunlarda, yerning tobida yetilganidan foydalanib, daladagi işlarini hamjihatlikda, tezkorlik bilan olib borişmoqda.
Yerdan möl va sifatli hosil yetiştirişda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida, maromiga yetkazib bajariş, mavjud resurslar, mineral va mahalliy öğitlar hamda suvdan unumli foydalaniş muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, aprel oyi paxtakorlarimiz uçun çigit ekiş va töliq köçat olişdek masʼuliyatli tadbirlari bilan ğanimat davr sanaladi. Şu maqsadda ayni kunlarda barça fermer xöjaliklari bahorning iliq kunlaridan unumli foydalangan holda ekiş işlariga kirişmoqdalar.
Bu borada oldinda turgan muhim vazifalar va joriy qişloq xöjaligi yilining öziga xos jihatlari haqida dehqon va fermerlarga tuşunçalar beriş maqsadida 1-aprel kuni Amudaryo tumanida körgazmali seminar taşkil qilindi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyev, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi raisining 1-örinbosari Şuhrat Teşayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazilar Kengaşi Raisining örinbosari Daryabay Qaypov hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori Farhod Allamberganov, şuningdek, sohaga aloqador vazirlik va muassasalar masʼullari iştirok etdi.
Mehmonlar tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektor rahbarlari hamda qişloq xöjaligi masʼullari hamrohligida tumanimizning Toş yop ovuli hududida joylaşgan “Bekman Allaberganov” fermer xöjaligida bölib, çigit ekiş böyiça körgazmali seminarda qatnaşişdi.
Seminar avvalida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyev çigit ekiş işlarini qisqa muddatlarda va uyuşqoqlik bilan yakunlaş, çigitni maqbul muddatlarda, tez va sifatli ekib, tekis nihol olişga erişiş – möl hosil yetiştirişning garovi ekanini taʼkidlab ötdi.
Darhaqiqat, çigit belgilangan muddatlarda ekilsa, ertagi, bir tekis va soğlom köçat olinadi. Bunga uruğ yumşoq, nam va harorati yetarli bölgan tuproqqa qadalgan paytdagina erişiladi.
Şuningdek, seminar davomida Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirining 1-örinbosari Şuhrat Teşayev tomonidan qişloq xöjaligi mutaxassislariga çigit ekişda eʼtibor qaratiş lozim bölgan muhim jihatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Mutaxassislar çigit ekiş işlarini qisqa muddatlarda va sifatli yakunlaş, ekin moslamalarini rostlaş, yerni ekişga tayyorlaş kabi muhim masalalar böyiça zarur tavsiyalar berdilar.
Maʼlumot uçun aytib ötiş kerakki, tumanda 2022-yil paxta hosili uçun 352 ta fermer xöjaliklarining 13 ming 900 gektar maydoniga çigit ekiladi. Uruğlik çigitlari fermer xöjaliklarga 16 ta çigit tarqatiş şaxobçalari tomonidan yetkazib beriladi. Tuman böyiça çigit ekiş uçun 37 mlrd 421 mln. sömlik moddiy resurslar zarur bölib, bu xarajatlar töliq moliyalaştirilgan.
Seminarning nazariy qismi yakunlangaç, mehmonlar va nuroniy otaxonlar iştirokida “Bekman Allaberganov” fermer xöjaligining dalasiga çigit soçildi. Dalada çigit ekiş amaliyoti namoyiş qilinib, bu borada muhim tavsiyalar berildi.
Uşbu fermer xöjaligining umumiy yer maydoni 139,4 gektar bölib şundan 61 gektariga çigitning “Sulton” navi ekiladi. Joriy yilning kuzida uşbu fermer xöjaligi rahbariyati 214 tonna paxta hom-aşyosini yetiştirişni maqsad qilgan.
Seminar davomida sözga çiqqanlar ğöza navlari olimlar belgilab bergan agrotexnik talablar darajasida ekilib, parvarişlansa hamda maʼdanli va mahalliy öğitlar bilan öz vaqtida oziqlantirib borilsa, albatta kutilgan natijalarga erişilişini taʼkidladi.
Aytiş joizki, paxtadan yuksak xirmon bunyod etiş orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanişi bilan birga, fermer xöjaliklarining iqtisodiy ahvoli yaxşilanişiga va işçilarning moddiy manfaatdorligi oşişiga zamin yaratiladi.
Tuman hokimligning Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶