“YoŞ ÇEGARAÇI” MUSOBAQASINING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI
Tinç-osoyişta hayot tarzi biz bilan bir davrda yaşayotgan neça-neça millionlab insonlarning orzusi, desak adaşmaymiz. Töyib ovqat yeyişga imkoni yöq, yupun, boşpanasiz odamlar, yomğirday yoğilayotgan öqlardan, portlaşlardan dahşat içida yaşayotganlar, biror kuni osoyişta keçmayotganlar juda köp. Şularni öylaganimizda barça yurtdoşlarimiz öz oilasi bağrida emin-erkin, baxtiyor, farovon yaşayotganidan, oilalar obodligi zamirida yurtimiz obodligi, tinç-osoyiştaligidan köngilimiz toğday kötariladi, ertagi kunga işonçimiz yanada mustahkamlanadi. Şu barobarida çor-atrofga teran nazar taşlaş, huşyor va ogoh böliş lozimligini anglaymiz. Dunyoni qaysiki, burçagida uruş-nizolar, buzğunçiliklar, yovuz niyatli kuçlar mavjud ekan, ulardan şu aziz Vatanimizni köz qoraçiğiday asraş, himoya qiliş masʼuliyati zimmamizda böladi.
Buning uçun millati, tilidan qatʼiy nazar, ösib kelayotgan yoş avlod köngliga vatanparvarlik tuyğularini singdiriş, ularni şu aziz Vatanimizning koriga yaraydigan, himoya qila oladigan haqiqiy mard, jasur qilib voyaga yetkaziş muhim vazifa. Şu maqsadda tuman xalq taʼlimi bölimi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi, tuman Tibbiyot birlaşmasi va Mudofaa bölimi hamkorlikda köpgina saʼy-harakatlarni amalga oşirmoqda.
Yaqinda uşbu taşkilotlar tumanimizdagi davlat xavfsizlik xizmatiga qaraşli 92-02 harbiy qism xizmatçilari bilan birgalikda yoşlar qalbida ona yurtiga muhabbat tuyğularini yanada mustahkamlaş, ularni çegara xizmatiga qiziqişlarini kuçaytiriş, çegara qöşinlarining şonli va jangovar anʼanalarining davomçilari etib tarbiyalaş maqsadida öquvçi-yoşlar örtasida “Yoş çegaraçi” musobaqasining tuman bosqiçini ötkazdi.
Musobaqada Amudaryo tumanidagi maktablarda taʼlim olayotgan öquvçilardan tuzilgan 5 ta jamoa iştirok etdi. Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanida milliy Armiyamiz haqida, Vatanimiz mudofaa qudrati haqida bilimlarga ega bölgan yoşlar şu kuni özaro kuç minaşdilar.
Aytiş kerakki, jamoalarning barçasi harbiy bilimlarni puxta egallagan, qurol-aslahalarni bölaklarga ajratiş va yiğiş könikmalariga ega, yurtimiz sarhadlarini qöriqlaşni özlarining burçi deb hisoblaydigan vatanparvar yigitlardan taşkil topgan. Bu jamoalar uşbu musobaqaning maktablararo va hududiy bosqiçlarida ğolib bölib, tuman bosqiçida qatnaşiş imkonini qölga kiritişgan edi.
30-mart kuni bölib ötgan “Yoş çegaraçilar” musobaqasida iştirokçilar özlarining jamoasi taqdimoti, safda töğri yuriş, belgilangan masofaga yuguriş, jangovar qurollarni qismlarga ajratiş kabi şartlar böyiça bellaşdilar.
Qolaversa, iştirokçilar yaralangan safdoşiga birinçi tibbiy yordam körsatiş böyiça ham bellaşib, özlarining epçil, çaqqon va boşlanğiç harbiy bilimga ega ekanliklarini namoyiş etdilar.
Ularning tanlov şartlarini qanday bajarganliklari hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi.
Natijalarga köra, 6-sonli maktabning “Burgutlar” jamoasi birinçi, 45-sonli maktabning “Loçin” jamoasi ikkinçi, 48-sonli maktabning “Milliy gvardiya” jamoasi esa uçinçi örinlarni egalladi.
Musobaqa yakunida ğolib jamoalar taşkilotçilar tomonidan rağbatlantirildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶