24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:52
Jamiyat 👁 224

“JINOYaTChILIKKA QARShI KURAShISh – HAR BIRIMIZNING BURChIMIZ, ZOʻRAVONLIKKA QARShI KURAShISh BARChAMIZNING VAZIFAMIZDIR” MAVZUSIDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

“JINOYaTChILIKKA QARShI KURAShISh – HAR BIRIMIZNING BURChIMIZ, ZOʻRAVONLIKKA QARShI KURAShISh BARChAMIZNING VAZIFAMIZDIR” MAVZUSIDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi hamda Navoiy mahalla fuqarolar yigʻinida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish – har birimizning burchimiz, zoʻravonlikka qarshi kurash barchamizning vazifamizdir” mavzusida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

29-mart kuni tuman hokimligi, Ichki ishlar boʻlimi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi hamkorligida tashkil etilgan ushbu targʻibot tadbirlari tibbiyot xodimlari, shifokorlar, hamshiralar hamda Navoiy nomli mahalla faollari, tijorat banklari xodimlari  ishtirokida oʻtkazildi.

Tadbirlarda tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Jumaniyazov, Ichki ishlar boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Gavhar Oʻtemuradovalar soʻzga chiqib, xotin-qizlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar, ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida keng toʻxtaldilar.

Oʻtgan 2021-yilning 12 oyi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 258 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan 21 tasi, yaʼni, 8,1 foizi Amudaryo tumani hissasiga toʻgʻri kelganligi taʼkidlandi. Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turlari boʻyicha tahlil qilinganida firibgarlik, bezorilik, oʻzgalar mulkini oʻgʻirlash, qasddan tanaga ogʻir tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlar avvalgi yilga nisbatan oshganligi eʼtirof etildi.

Soʻzga chiqqanlar Amudaryo tumani boʻyicha jami sodir etilgan 21 ta jinoyatda 26 nafar xotin-qizlar ishtirok etganligi oʻta ayanchli ekanligiga toʻxtalib oʻtishdi. Xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha Tibbiyot birlashmasining har bir boʻlimida keng tushuntirish ishlari olib borib, hammani turli jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga, ogohlikka chaqirdilar.

Shuningdek, maʼruzachilar ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarni oʻz vaqtida aniqlab, ularga ijtimoiy, huquqiy va maʼnaviy jihatdan yordam koʻrsatish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli profilaktika ishlarini tashkil etish, har bir sodir etilgan huquqbuzarlikning sabab va sharoitlarini chuqur oʻrganish va tahlil qilish maishiy zoʻravonlikning oldini olish borasidagi muhim qadam ekanligini eʼtirof etishdi.

Tadbir davomida xotin-qizlar manfaatlarini taʼminlash, jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligi xususida soʻz yuritildi.

Taʼkidlanganidek, xotin-qizlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga toʻsqinlik qilib kelayotgan muammo va illatlar mavjud boʻlib, ularga qarshi kurashish dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu bois bugungi kunda xotin-qizlarni zoʻravonlikdan himoya qilish borasida jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mamlakatimizda xotin-qizlarni zoʻravonlikdan himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Milliy qonunchiligimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, uning hayoti, sogʻligʻi, qadr-qimmati va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari ustuvorlik kasb etadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida: “Hech kimning qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas“, deb qayd etilgan. “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida“ Qonunining maqsadi ham xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Tadbirlarda inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oilaga, ayol zotiga boʻlgan munosabat oʻzgarib, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish hayotimizning maʼno-mazmuniga, asosiy maqsadiga aylanayotgani eʼtirof etildi.

Darhaqiqat, ayol goʻzal boʻlsa – olam goʻzal, ayol baxtli boʻlsa – oila, butun jamiyat baxtli boʻladi. Bugun Oʻzbekistonda yashayotgan har bir ayol, chin maʼnoda baxtli. Zero, uning huquq va erkinliklari qonunlar bilan mustahkamlangan.

Gavhar ChIMBAYChIYeVA, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026