Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 24-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi
Maʼlumki, joriy yil 17-19-mart kunlari Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma törtinçi yalpi majlisi bölib ötgan edi. Yalpi majlisda 18 ta masala, şu jumladan 9 ta qonun körib çiqilib, senatorlar tomonidan qizğin muhokama qilindi.
30-mart kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Senatning yalpi majlisida körib çiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatini tuşuntiriş va jamoatçilik nazoratini yölga qöyiş böyiça yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi örinbosari, senator Botir Matmuratov, tuman hokimi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisi Sultonboy Yöldaşev, şuningdek, tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim örinbosarlari hamda tegişli korxona va taşkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Dastlab Senator Botir Matmuratov yalpi majlis davomida körib çiqilgan maslalar yuzasidan maʼruza qildi.
Şundan söng “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş tizimini yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan Amudaryo tumani Jinoyat işlari böyiça sudi raisi Jasur Örazboyevning maruzasi tinglandi.
Qayd qilinganidek, uşbu qonunga muvofiq 3 ta Kodeks hamda 4 ta Qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilgan bölib, buning natijasida ijro tartib-taomillari yanada soddalaştiriladi hamda sud va boşqa organlar hujjatlarining sözsiz va öz vaqtida ijro etilişi taʼminlanadi.
“Reklama töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solişdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplaş tartibini takomillaştirişga qaratilgan qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi va “Kiberxavfsizlik töğrisida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati haqida Amudaryo tumani Adliya bölimi boşliği Möʼminjon Matyusupov tomonidan batafsil tuşuntiriş berildi.
Şuningdek, yiğilişda “Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlaş töğrisida”gi qonun loyihasi bilan tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi masʼul xodimi taniştirib ötdi. Taʼkidlanganidek, 1995-yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligi sababli xorijiy davlatlar tajribasini örgangan holda yangidan tahrirda işlab çiqilgan.
Bundan taşqari, yiğilişda “Organik mahsulotlar töğrisigi” Qonun loyihasining mazmun-mohiyati bilan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi boşliği Gulmurot Bekiyev taniştirib ötdi. Qayd etilganidek, hujjat organik mahsulotlarga doir barça munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan.
Yiğilişda “Nobank kredit taşkilotlari va mikromoliyalaştiriş faoliyati töğrisida”gi, hamda “Korporativ boşqaruv tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunlar loyihalari böyiça ham söz yuritildi.
Yiğiliş yakunida deputatlar va yiğiliş iştirokçilari özlarini qiziqtirgan masalalar bilan cenatorga murojaat qilişib, atrofliça javoblar oldilar.
Yiğilişdan söng senator Botir Matmuratov tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev va sektor rahbarlari hamrohligida “Yaşil makon” loyihasi doirasida “Döstlik” mahallasi hududidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi oldida barpo etilayotgan yaşil maydonga borib, mevali va manzarali daraxt köçatlarini ötqazişdi.

Senator tomonidan tumanimiz böylab davom etayotgan köçat ekiş böyiça “Dolzarb 40 kunlik” uyuşqoqlik bilan amalga oşirilayotganligi eʼtirof etildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶