DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AVTOMOBIL TARIXINI BILIŞ MUMKIN!
Endilikda Davlat xizmatlari markazi orqali Avtomobil tarixi xaqida biliş imkoni paydo paydo böldi.
2022-yil 1-maydan “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini şartnomaviy asosda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aniqlaş böyiça davlat xizmati yölga qöyilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari körsatiş infratuzilmasini takomillaştiriş va aholining davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga muvofiq “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini avtomototransport vositalariga berilgan röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgisi orqali şartnomaviy asosda Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aniqlaş davlat xizmatini körsatiş yölga qöyilişi belgilangan.
“Avtomobil tarixi” maʼlumotlari avtotransport vositasiga doir quyidagi axborotlarni öz içiga oladi:
avtotransport vositasining agregat maʼlumotlari (davlat raqami belgisi, davlat röyxatidan ötkazilgan sana, rusumi (modeli), işlab çiqarilgan yili, turi, kuzov (şassi) raqami, töla (yuksiz) vazni, dvigatel raqami va quvvati, yonilği turi, rangi, örindiqlar soni, alohida belgilari yoki özgargan agregat maʼlumotlari (mavjud bölsa);
bosib ötgan masofasi (mavjud bölsa);
fuqarolik-huquqiy şartnoma (bitim)lar tuzilganligi töğrisidagi maʼlumotlar (işonçnoma, ijara, hadya, meros, oldi-sotdi şartnomasi va boşqalar);
yöl-transport hodisasi sodir etilganligi (mavjud bölsa);
avtotransport vositasi iştirokida sodir etilgan qoidabuzarliklar (mavjud bölsa);
avtotransport vositasining garovda ekanligi haqidagi (mavjud bölsa);
avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi töğrisidagi;
bojxona rasmiylaştiruvidan ötgan sana töğrisidagi maʼlumot (agar bojxona rasmiylaştiruvidan ötgan bölsa);
avtotransport vositasiga yölovçi taşiş böyiça litsenziya varaqasi olinganligi (olinmaganligi) haqidagi maʼlumotlar
bundan taşqari vakolatli organ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelişgan holda “Avtomobil tarixi” maʼlumotlariga qöşimça maʼlumotlar kiritişi mumkin.
Husniddin Ibodullayev, tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶