22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 20:20
Jamiyat 👁 298

BEShOVULDA NAVROʻZ TANTANASI

BEShOVULDA NAVROʻZ TANTANASI

Bahoriy tengkunlik – Navroʻz ayyomi har bir yurtdoshimizni shodlikka belaydi. Boisi Navroʻz tantanalarida asrlar osha bizgacha yetib kelgan xalqimizning urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlari yaqqol namoyon boʻladi. Bayram arafasida barcha yaqinlaridan xabar oladi, bemorlardan hol soʻraydi, ehtiyojmandlarga sovgʻa-salomlar  ulashiladi. Qoʻni-qoʻshnilar jam boʻlib, ulkan doshqozonlarda sumalak qaynatib, oʻyin-kulgu qilishlarning, bahoriy taomlar tayyorlab ulashishlarning ham zavqi boʻlakcha. Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad ham kelgusi avlodlarga bularni yetkazish, ona tabiatimizni, uning neʼmatlarini qadrlashga, shukronalik bilan yashashga undashdir.

Prezidentimizning “2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi shu yil 17-fevralda qabul qilgan Qarorida joriy yilgi Navroʻz bayramini mamlakatimizda “Assalom Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruhda nishonlash koʻzda tutilgan. Inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik, ona zaminga mehr va eʼtibor yaqqol oʻz ifodasini topishini aks ettiradigan, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan  yashashga, inson qadrini ulugʻlashga daʼvat etadigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bu – Navroʻz bayramining nufuzi, qadr-qimmati yuksak, maʼno-mazmuni, fazilati beqiyos ekanligidan dalolat beradi.

Amudaryo tumanining barcha hududlarida boʻlgani kabi Beshovul mahallasida ham “Assalom, Navroʻz!” deb nomlangan  bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Dastlab mahalla fuqarolar yigʻini binosi oldida keksa otaxon, onaxonlar, mahalla faollari uchun dasturxon yozilib, Navroʻz taomlari tortildi. Yigʻilganlarni mahalla fuqarolar yigʻini raisi Jasorat Abdullayev, mahalladagi hokim yordamchisi Sherzod Toʻrayev, yoshlar yetakchisi Murodjon Kenjayevlar asil milliy bayramimiz bilan qutladilar.

Shuningdek kam taʼminlangan, ishsiz yoshlarga mahalladagi hokim yordamchisi koʻmagi bilan kreditga olingan dehqonchilikda foydalanishga moʻljallangan mini traktorlar, mototsikllar topshirildi. Tabarruk nuroniylar ularga ishlari oʻngidan kelishini  tilab, duo qilishdi.

Shu kuni mahalla fuqarolar yigʻini binosining bir xonasida “Tamara tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatida tikuvchilik kasbini chuqur oʻrgangan  mahalla qizlarining tikuvchilik tsexi ish boshladi. Mahalladoshlar uchun qarovsiz bino zamonaviy uslubda taʼmirlanib, u yerda sartaroshxona ochilgani bayramga oʻziga xos sovgʻa boʻldi. Endi beshovulliklar oʻz hududlarida sartarosh xizmatidan foydalanishlari mumkin boʻldi. Maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalari faoliyati yoʻlga  qoʻyilishi aholi turmush sifati oshishiga xizmat qiladi, albatta.

Navroʻz bayrami sayli hududdagi 37-sonli maktab hovlisida davom etdi. Mazkur maktab oʻquvchilari va 42-sonli Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida tayyorlangan teatrlashtirilgan bayram tomoshasida  milliy xalq qoʻshiqlari, raqslari va urf-odatlarining namoyishi barchaga yuqori kayfiyat bagʻishladi. Navroʻz bayramiga oid anʼanalar, qadriyatlarimiz namoyishida yoshlar ushbu milliy bayramimizga, shu aziz ona Vatanimizga mehr-muhabbatini yorqin namoyish etishdi, baxtiyor, dorilomon hayotimizni quvonch bilan madh etishdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026