NOGIRONLIGI BOʻLGANLAR VA IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ AHOLI QOʻLLAB-QUVVATLANADI
Nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirish maqsadida 2022-yil 1-apreldan boshlab, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda — 440 000 soʻmdan 622 000 soʻmgacha oshirilishi belgilandi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 soʻm miqdorida — parvarishlash nafaqasi joriy etiladi. Bunda, parvarishlash nafaqasini toʻlash va yetkazib berish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Shu yil 1-apreldan boshlab, oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar toʻgʻrisidagi, 1-oktyabrdan ularning qonuniy vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga elektron shaklda taqdim etilib boriladi.
Moliya vazirligi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2022-yilning oktyabr oyidan boshlab, 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar va OIV keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga toʻlanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qoʻshimcha hujjatlarni talab etmagan holda «proaktiv shakl»da tayinlash tizimi joriy etiladi.
D.Pirmanov, tuman Madad HMB bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶