Jayxun ilhomlari
Oʻzbek ayoli
Bir umr farzandiga jonini berar,
Dard cheksa, yonida darmoni boʻlar.
Bolam, deb har doim yonida boʻlar,
Onalar bunchalar mehribonsizlar!
Onalar bilan dunyolar goʻzal,
Vujudidan yaralgan bolalar shirin.
Sizning chehrangiz oydan-da goʻzal,
Sizning soʻzlaringiz boldan-da shirin.
Onalar, dunyoda tengi yoʻqsizlar,
Yakka-yu yagona mehribonsizlar.
Sizlarni qiyoslab farishtalarga,
Shoirlar yozadi qancha ashʼorlar.
Oʻzbekning ayoli sogʻ-omon boʻlsin,
Koʻzida nurlari bevaqt soʻnmasin.
Yuragida mehri toshgan ayollar,
Borgan joyi doim nurlarga toʻlsin.
Mahliyo JUMABOYeVA,
82-maktab oʻquvchisi.
Bahor tavsifi
Bahor shunday goʻzal faslki,
Yoshligingni esga soladi.
Bahor fasli goʻzal, aslki,
Seni maftun etib oladi.
Yosharasan, kuchga toʻlasan,
Olib ijod, mehnat ilhomi.
Oʻzi kabi doim kulasan,
Ochilishib, yashnab mudomi.
Bahor fasli shunday faslki,
Orzularga qanot beradi.
Bahor fasli shunday aslki,
Yoz, kuz, qishga xizmat etadi.
Bahor, bahor, yashna kundan-kun,
Hamma kabi men ham oshigʻing.
Xasis boʻlma, yashirma mendan,
Bergil, kuylay yangroq qoʻshigʻing.
Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.
Onaizor
Eshikka moʻltirib oʻtirar kun-tun,
Oʻtirar farzandim kelarmi, deya.
Onaizor oʻgʻlini kutadi har kun,
Oh, oʻgʻli tinchlikka jonin bergan-a...
Ishonmas hech kimning aytgan soʻziga,
Pahlavon oʻgʻlini kutaveradi.
“Menga vaʼda bergan qaytaman”, deya,
Oʻgʻlining soʻzlarin eslayveradi.
Onaizor xoʻrsinib yigʻlaydi goho:
“Mard oʻgʻlim, dilbandim, jigarim mening.
Qaytadi bir kuni mening yonimga.
Oʻgʻlimning diydorin qoʻmsab yashayman.
Urush, senga laʼnat, ming bora laʼnat!
Seni deya qancha qurbonlar boʻldi.
Farzandlar zavolin onalar koʻrdi...”
Soʻng toʻxtab yigʻidan, sergaklanar u,
Oʻgʻlini tong-u shom kutaverar u.
Adolat OLLAYoROVA,
84-maktab oʻquvchisi.
Begʻuborim mening
Begʻuborim, baʼzida
Koʻzlaringiz boʻlar nam.
Holingizni soʻrasam:
«Yaxshiman», deysiz, onam.
Sochlaringiz iforin
Hidlaganimda har dam ‒
Bolalik chogʻlarimni
Dilim qoʻmsaydi, onam.
Yuragimdan oʻchadi
Barcha tashvish, gʻam-alam ‒
Koʻksingizga bosh qoʻyib,
Uxlasam bir bor, onam.
Sizsiz ‒ mening hayotim,
Sizsiz ‒ mening davlatim.
Poyingiz ostidadir
Bor-u yoʻgʻim, jannatim.
Shahzoda XALILOVA,
30-sonli maktab oʻquvchisi.
Onamga...
Ona, bahor keldi ‒ har kuni bayram,
Men-chi, yoʻqlolmadim bayramingda ham.
Sening duolaring ijobat boʻlib
Sogʻ-omon yuribman, betashvish, begʻam.
Toʻgʻri, tuni bilan soʻz ulab soʻzga,
Maktublar yozaman anovi qizga.
Sening xayollaring tun-u kun menda,
Mening xayolimda sen emas ‒ oʻzga...
Kunlar oʻtaverar bahor bor, kuz bor,
Koʻksimda yurakmas ‒ toshmi yo muz bor.
Meni kim yoʻqlardi sen boʻlmaganda?!
Yaxshiyam sen borsan, yaxshiyam siz bor...
Onajon, qadringni kech anglayapman,
Hayot yoʻllarida alanglayapman.
Oʻzimdan kechgandim kimlar uchundir,
Ular uchun hamon yalangoyoqman!
Onajon, oz qoldi, ertami, kechmi,
Oyogʻing quchgali yoningga borgum.
Sendan boshqa bilmas, boshqa tushunmas
Dardga toʻlib turgan koʻnglimni yorgum...
Bir bor yoʻqlamagan oʻgʻlingni kechir...?!
Komronbek Kamol.
Barcha ona bolam, der
Ona ‒ u zot moʻʼtabar,
Alla aytar tong qadar.
Kasal boʻlib qolsam gar,
Qarshimda parvonalar.
Dard yutib, ming qiynalib,
Voyaga yetkazgan u.
Endi baxtin koʻray deb,
Turmushga chiqazgan u.
Shukr-u rahmatim bisyor,
Meni tuqqan onamga.
Ming yoshlarni tilayman,
Qilgan har bir duomda.
Yuz-koʻzim oʻxshar kimga,
Sizgami yo otamga.
Munosib avlod boʻlay,
Ota-bobo, ajdodga.
Har bir ona bolam der,
Teng koʻrar farzandlarin.
Sogʻlik-salomatlikda,
Koʻrgaysizlar baxtlarin.
Dildora RAJABOVA.
Bahorday yashang!
Mehr ila ulgʻaytdingiz,
Dilga suyanch soʻzlaringiz.
Doʻstlaringdan kam boʻlma deb,
Kelajagim koʻzladingiz.
Qadoq boʻldi qoʻllaringiz,
Mehnatga yor yoʻllaringiz.
Kecha-kunduz tinim bilmay,
Orzularga yoʻlladingiz.
Onajonim, omon boʻling,
Koʻngli obod, bardam boʻling.
Bahor kabi gullab-yashnab,
Baxt-u iqbollarga toʻling.
Muhabbat Oʻrinbosarova,
3-sonli maktab oʻquvchisi.
Onaizor
Eshikka moʻltirib oʻtirar kun-tun,
Oʻtirar farzandim kelarmi, deya.
Onaizor oʻgʻlini kutadi har kun,
Oh, oʻgʻli tinchlikka jonin bergan-a...
Ishonmas hech kimning aytgan soʻziga,
Pahlavon oʻgʻlini kutaveradi.
“Menga vaʼda bergan qaytaman”, deya,
Oʻgʻlining soʻzlarin eslayveradi.
Onaizor xoʻrsinib yigʻlaydi goho:
“Mard oʻgʻlim, dilbandim, jigarim mening.
Qaytadi bir kuni mening yonimga.
Oʻgʻlimning diydorin qoʻmsab yashayman.
Urush, senga laʼnat, ming bora laʼnat!
Seni deya qancha qurbonlar boʻldi.
Farzandlar zavolin onalar koʻrdi...”
Soʻng toʻxtab yigʻidan, sergaklanar u,
Oʻgʻlini tong-u shom kutaverar u.
Adolat OLLAYoROVA,
84-maktab oʻquvchisi.
Iqror
Onalarni qoʻllasin Yaratgan egam,
Qiyinchilik bermasin ularga hech ham.
Onalar oyogʻi ostida jannat,
Azizlar, onani qilaylik hurmat.
Onalar boʻlmasa odam boʻlmaydi,
Onalar boʻlmasa dunyo boʻlmaydi.
Onalar kulganda gullar ochilib,
Samolarda quyosh porlaydi.
Yorqinoy Kenjaboyeva,
11-sonli maktab oʻquvchisi.
Maktub
Betob boʻlsam boshimda,
Yigʻlab chiqardi onam.
Allohimga yolvorib,
“Tuzalsin, - derdi, - bolam...”
Onajonim, bilyapman,
Ona boʻlib koʻryapman.
Yoshligimda tushunmay,
Men endi tushunyapman.
Onajonim, sogʻ boʻling,
Baxtimga omon boʻling.
Sayyora qizingizga,
Kunda tanbehlar bering.
Onajonim, oʻzingiz,
Bebahodir, soʻzingiz.
Sizga jon bermoqqa shay,
Sayyoraxon qizingiz.
Sayyora YaLGʻAShEVA.
Farishta
Onamga erkalanib,
Yoniga koʻp borardim.
Yiqilib, qoqilsam gar,
Ona, deya yigʻlardim.
Tunlari uxlolmasam,
Onam alla aytardi.
Mehr berib yonimda,
Hatto uxlab qolardi.
Xato qilsam, tuzatgan,
Toʻgʻri yoʻlni koʻrsatgan.
Mehr berib oʻstirgan,
Farishta mening onam.
Och qolmasin bolam, deb,
Kam boʻlmasin bolam, deb.
Men haqimda qaygʻurib,
Doim bedor yashagan.
Bilib qoʻying doʻstlarim,
Mansabini onamning.
Farishtalar yashaydigan
Koʻngli jannat onamning.
Behzod Xalillayev, 48-sonli maktab oʻquvchisi.
Toʻsiqlar
Onajon – onajonginam!
Sizga koʻp talpindim.
Toʻsiq boʻldi –
Baʼzan erim, bolam,
Baʼzan qaynonam,
Sizga koʻp talpindim,
Yashirin yoʻllar,
Na arzirli sabab topoldim,
Oʻtaverib yillar,
Qarib ketdingiz.
Oh, ilingim kelar quvonch, kutdingiz.
Sizga koʻp talpindim,
Kuyib turdim,
Uzoq-uzoqdan.
Chiqolmadim ammo
Tushgan tuzoqdan.
Afsus!
Yoʻllar ochildi,
Toʻsiqlar chekindi.
Siz yoʻq!
Mehribon Ishayeva,
Qilichboy qishlogʻi.
Kechiring...
Oʻjarliklar qilib men,
Dangasa qiz boʻlibman.
Sizni xafa qilibman,
Ona, meni kechiring.
Sochingiz oqaribdi,
Yuzga ajin tushibdi.
Belingiz bukilibdi...
Ona, meni kechiring.
Bilib-bilmay soʻz aytsam,
Dilingizni gʻash qilsam.
Soʻnggi pushmonda qolsam,
Ona, meni kechiring.
Yaxshi farzand boʻlmoq-chun,
Intilaman tun-u kun.
Hali koʻrasiz, bir kun,
Orzular osmonida,
Porloq yulduz boʻlaman,
Sharaflar keltiraman!
Malika KLIMBOYeVA, 60-maktab oʻquvchisi.
Bu dunyo...
Qalbingdan joy olsa umid-birdamlik,
Toʻrt fasl ichra yoʻq aslo sitamlik.
Tabiat aslida shunday yaralgan,
Qish – sovuq, yoz – issiq, kuz-bahor – namlik.
Kuzning ham oʻziga yetar tashvishi,
Bahor shunga masʼul – koʻkarmoq ishi.
Bagʻri butun emas dillar nazdida,
Yozi muzlab yotar, yonadi qishi.
Dunyoning ishlarin dema biri kam,
Magʻrur yasha, qadam qoʻyib mustahkam.
Hayot toʻsiqlarin yengib oʻt, aslo
Umiding soʻndirma, erkatoy ukam!
Sen nega noliysan, tan-u joning sogʻ,
Yugursang yetasan, quvsang tutasan.
Salgina fikr qil va teran oʻyla,
Bir kun albat, asal-bollar yutasan.
Gulnora Abdullayeva,
Qizilcholi mahallasi.
Mehrsizga
Oq yuvib, oq taragan onang,
Boshlaringni silagan onang.
Sochlarida oqlar koʻrindi,
Sendan mehr koʻrmagan onang.
Ona mehri oqar daryodir,
Bu daryoga dunyolar tengdir.
Shul daryoga choʻmilib oʻsding,
Nechun bugun uni unutding?
Maʼyus koʻzi koʻkka tikilib,
Hamon baxting tilaydi onang.
Ana, qara, qoldi bukilib,
Sendan mehr koʻrmagan onang...
Sanjar Olimov, 40-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶