MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTLARI PEDAGOGLARI UChUN SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI
Tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 6-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-trening mashgʻulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼul xodimlari Nasiba Umrzoqova va Nilufar Ubaydullayevalar olib borishdi. Mashgʻulotlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligidan Nurjamol Qurbonova, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi metodisti Nafisa Oʻrazmetova hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari, pedagog-tarbiyachilari qatnashishdi.
Seminar-treningda tarbiyachilarga guruhlarda rivojlanish markazlarini toʻgʻri tashkil etish, didaktik materiallardan toʻgʻri va samarali foydalanish, guruh xonalarini bolalarning yoshi va sanitar normalari asosida jihozlash tartibi kabilar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Undan tashqari, seminar davomida tarbiyachilar barcha guruhlarda rivojlanish markazlarining jihozlanishi, markazlardagi oʻyinchoqlar, didaktik materiallar bilan tanishib chiqishdi. Tarbiyachilar beshta markazda amaliy vazifalar ham bajarishdi, ularni jihozlash boʻyicha tavsiyalarni tinglab, fikr almashishdi.
Seminar-trening davomida tarbiyachilarga metodik yordam, maslahatlar berildi. Masʼullar oʻz navbatida ularning barcha fikr-mulohazalarini tinglab, savollariga javoblar berishdi.
Bunday seminar-treninglar tasdiqlangan reja asosida tuman miqyosida qolgan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham davom etadi.
N.Tajimurodova, tuman MTBning taʼlim-tarbiya sifatini taʼminlash va metodik xizmatni tashkil etish shoʻʼbasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶