FAROVON MAHALLASIDA MAXSUS-TAKTIK ÖQUV MAŞQI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boşliğining 2022-yil 17-yanvardagi tegişli buyruğiga muvofiq maxsus-taktik öquv maşqi taşkil etildi.
Joriy yilning 2-mart kuni Farovon mahallasi hududida “Mahalla fuqaro muhofazasi” yiğma guruhini yaratiş va faoliyatini taşkillaştiriş maqsadidagi uşbu öquv maşqi doirasida dastlab öquv-amaliy seminar ötkazildi. Öquv-amaliy seminarga tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bölimi, Özbekiston Qizil yarim oy jamiyati tuman bölimi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi hamda fuqarolar yiğinlari xodimlari iştirok etişdi.
Körgazmali öquv-seminarning nazariy qismini tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimi Bekzod Tajiboyev olib bordi hamda “Mahalla fuqaro muhofazasi”ning asosiy vazifalari, funktsiyasi, tuzilma faoliyatini taşkil etiş, moliyalaştiriş va moddiy-texnik taʼminlaş tartibi töğrisida maʼruzalar qildi.
Şuningdek, “Mahalla fuqaro muhofazasi” yiğma guruhlarini asbob-anjom, mol-mulk va himoya vositalari bilan taʼminlaşni taşkil etiş va guruh aʼzolarining amaliy könikmalarini şakllantirişga qaratilgan tartib-qoidalari, birinçi tibbiy yordam körsatiş, aholini favqulodda vaziyatlar, yaʼni zilzila, sel va suv toşqini, is gazi va boşqa zaharli gazlardan, ovqatdan zaharlaniş, yonğin, suvda çökiş, quturiş kasalligi hamda hududlarning radioaktiv, kimyoviy va biologik zararlanişi bilan boğliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilişga, tayyorlaşga doir harakatlar töğrisida tuşunçalar berib ötdi.
Körgazmali öquv maşqining amaliy qismida “Mahalla fuqaro muhofazasi” yiğma guruhi şaxsiy tarkibining holati hamda Farovon mahalla fuqarolar yiğini hududida sodir bölişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlar inobatga olinib, maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi. Dastlab tuman Favqulodda vaziyatlar bölimining Qutqaruv otryadi hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmasi kuç va vositalarining maxsus texnika, asbob-anjomlarini işlatiş va ularning taktik-texnik tavsiflari böyiça tuşunçalar berildi.
Favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmasi kuç va vositalari tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş böyiça amaliy harakatlar öquv maşqlari tarzida körsatib berildi. Şuningdek, avariya, halokat, tabiiy ofatlar, epidemiya xavfi yuzaga kelganda hamda harbiy harakatlar davrida yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlardan aholi hayoti va soğligini, moddiy boyliklarni muhofaza qilişga qaratilgan tadbirlar, bu jarayondagi harakatlar amalda bajarib körildi.
Uşbu tadbirga Farovon mahalla fuqarolar yiğinida tuzilgan Fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 11 nafar xodim jalb qilindi. Jami ötkazilgan körgazmali öquv amaliy seminari va taktik-maxsus öquv maşqiga 37 nafar fuqaro va 9 ta maxsus texnika qatnaşdi.
Tadbir yakunida barça vakolatli idoralar vakillari bilan öquv maşqi yuzasidan fikrlar almaşildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
B.Tajiboyev, tuman FVB bölinma boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶