15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 15:15
Jamiyat 👁 194

AJDODLARIMIZDAN MEROS HUNARMANDChILIKNI ARDOQLAYoTGANLAR

AJDODLARIMIZDAN MEROS HUNARMANDChILIKNI ARDOQLAYoTGANLAR

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati mobaynida vujudga kelib, jamiyat rivojlanishiga monand tarzda takomillashib borgan.

Fan-texnika yuksak taraqqiy etgan hozirgi davrda ham kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, miskarlik, binokorlik, oʻymakorlik, kashtachilik, zardoʻzlik, zargarlik kabi koʻplab hunarmandchilik turlari oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Ayniqsa xalq hunarmandchiligi keyingi yillarda bozor qoidalari zamirida qayta tiklandi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi, turli hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar oʻz faoliyatlarini yakka tadbirkor, oilaviy korxona, kichik korxona tarzida tashkil etishib, turmush farovonligiga oshishiga munosib hissa qoʻshmoqdalar. Shuningdek “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlib, turli mahsulotlar ishlab chiqarayotgan hunarmandlar safi ham kengayib bormoqda.

Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida rassomchilik, haykaltaroshlik sinflariga taʼlim berayotgan qoʻli gul usta Akbar Odilov ana shundaylardan biri. U maktabdagi oʻqituvchilik faoliyati bilan cheklanib qolmay, oʻz qiziqishlariga koʻra, haykaltaroshlik bilan ham shugʻullunadi.

U yasagan turli oʻyinchoqlar, gultuvaklar, har xil bezaklar tumanimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini bezab turibdi. Shuningdek, muhim sanalar munosabati bilan tumanimizda oʻtkaziladigan bayram tantanalari, ommaviy sayllarda u yasagan haykallar maydonga oʻzgacha bezak berib, tadbir ruhini tomoshabinlarga yetkazishga hissa qoʻshadi.

Albatta, Navroʻz bayrami tantanalarida Dehqonbobo va Bahoroy timsoli, Yangi yil tantanalarida Qorbobo, Qorqiz timsollari koʻpchilikka manzur boʻladi. 2013-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutini tamomlagan yigitning taʼlim muassasasida olgan bilimi, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida taʼlim berish jarayonida ustozi, haykaltarosh Bozorboy Xolimbetovdan oʻrgangan tajribalari tufayli u shunday darajaga erishdi.

Akbar Odilov oʻz faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlib, buyurtmalarini oʻz vaqtida mijozlariga yetkazib berishga intiladi.

Uyushmaning yana bir aʼzosi Guliston Ahmedova ikki yilcha vaqtdan beri amerika toli novdasidan turli shakl va hajmdagi savatlarni toʻqib, yurtdoshlarimizga hadya etmoqda. Uyushma tomonidan yetkazib berilgan xom ashyo-novdani endilikda oʻzlari ham yetishtirishni rejalashtirmoqda.

Guliston Ahmedova uy bekasi, ishsiz boʻlsa-da, avval ham bekor oʻtirmasdi. Quroq koʻrpacha, yostiq jildlar tikib, paypoq, qoʻlqoplar toʻqib mijozlariga berar, oilasi daromadiga hissa qoʻshar edi. Keyinchalik farzandlari bilan internatda savat toʻqish jarayonini koʻrib, qiziqib qoldi.

Shu tariqa “Hunarmand” uyushmasi koʻmagi bilan savat toʻqishni ham boshladi. U farzandlari bilan mijozlar talabiga koʻra turli shakl va hajmda savatlarni toʻqib, daromadini oshirayapti. Asosan tugʻilgan kunlarda, toʻylarda dasturxonga meva, shirinliklar, non solib qoʻyish uchun ishlatiladigan savatlarning bozori chaqqon, shu bilan birga mehnati ham mashaqqatli.

Oʻz mehnatlari mahsuli bilan turmushimiz fayziga fayz qoʻshayotgan fidoyi hunarmandlarimiz faoliyatiga rivoj tilaymiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019