Qonun böyiça meros oliş tartibidan xabardormisiz?
Agar vasiyatnoma mavjud bölmasa yoki u butun merosning taqdirini belgilamasa, şuningdek, Fuqarolik Kodeksida belgilangan boşqa holatlarda meros qonun böyiça olinadi. Qonun böyiça merosxörlar Fuqarolik Kodeksining 1135 – 1141-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida çaqiriladilar.
Qonuniy meros olişda farzandlikka olingan şaxs va uning avlodlari bir tomondan, farzandlikka oluvçi va uning qarindoşlari esa ikkinçi tomondan tuğişgan qarindoşlarga tenglaştiriladi. Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan şaxsning biologik ota-onasi, bova-buvisi, aka-ukalari va opa-singillari vafotidan keyin qonuniy meros olmaydilar. Şuningdek, farzandlikka olingan şaxsning ota-onasi va qarindoşlari ham u va uning avlodlari vafotidan söng meros ololmaydi.
Har bir navbatdagi merosxörlar faqat oldingi navbatdagi merosxörlar bölmagan, çetlaştirilgan, merosni qabul qilmagan yoki undan voz keçgan hollardagina meros oliş huquqiga ega böladi.
Birinçi navbatdagi merosxörlar: Meros qoldiruvçining farzandlari (şu jumladan farzandlikka olinganlar), turmuş örtoği va ota-onasi (farzandlikka olganlar) teng uluşlarda birinçi navbatdagi merosxörlar hisoblanadilar. Meros qoldiruvçining vafotidan keyin tuğilgan farzandlari ham birinçi navbatga kiradi.
Ikkinçi navbatdagi merosxörlar: Tuğişgan va yarim tuğişgan aka-ukalar, opa-singillar, hamda meros qoldiruvçining onalik va otalik bobosi hamda buvisi teng uluşlarda meros olişadi.
Uçinçi navbatdagi merosxörlar: Meros qoldiruvçining tuğişgan amakilari, toğalari, ammalari va xolalari uçinçi navbatdagi merosxörlar hisoblanadi.
Törtinçi navbatdagi merosxörlar: Meros qoldiruvçining oltinçi darajagaça bölgan (oltinçi daraja ham şu jumlaga kiradi) boşqa qarindoşlari törtinçi navbatda meros olişadi. Bunda yaqinroq qarindoşlar uzoqroq qarindoşlarga nisbatan ustunlikka ega böladilar. Uşbu navbatdagilar teng uluşlarda meros oladilar.
Beşinçi navbatdagi merosxörlar: Meros qoldiruvçining mehnatga qobiliyatsiz boqimandalari, agar ular boşqa moddalarga köra meros olmasa, beşinçi navbatda meros oliş huquqiga ega böladilar.
Taqdim qiliş huquqi böyiça meros: Agar qonuniy merosxör meros oçilişidan oldin vafot etsa, unga tegişli bölgan uluş uning avlodlariga ötadi. Uluş bir xil darajadagi qarindoşlar orasida teng taqsimlanadi. Bu hol bola, nevara, çevara, evara uçun qarindoşlik darajasidan qatʼi nazar, amal qiladi. Yon qarindoşlik asosida esa tuğişgan aka-ukalar nomidan jiyanlar, tuğişgan amakilar yoki xolalar nomidan esa ularning farzandlari meros oladi.
Merosni qabul qiliş huquqining ötişi (transmissiya): Agar merosga çaqirilgan şaxs meros oçilgaç, uni qabul qilmasdan vafot etsa, uning örniga bu huquq uning qonun böyiça (yoki vasiyat böyiça) merosxörlariga ötadi. Bu hol meros tarkibiga kiritilmaydi. Transmissiya asosida meros umumiy tartibda qabul qilinadi, biroq merosning majburiy uluşi bu tartibda ötmaydi.
Meros qoldiruvçining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari: Agar ular meros qoldiruvçining vafotidan oldin kamida bir yil u bilan birga yaşagan va uning qaramoğida bölgan bölsa, ular qonuniy merosxörlar hisoblanadilar. Agar ular navbatdagi merosxörlar röyxatida bölmasa ham, bu huquq ularga beriladi. Ular boşqa merosxörlar bilan birga, köpi bilan merosning törtdan bir qismini olişlari mumkin.
Majburiy uluş oliş huquqi: Meros qoldiruvçining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari (şu jumladan farzandlikka olinganlar), mehnatga qobiliyatsiz turmuş örtoği, ota-onasi (şu jumladan farzandlikka olganlar) qonun böyiça voris bölsalar, vasiyat mazmunidan qatʼi nazar, ularga tegişli bölgan uluşning kamida yarmi majburiy uluş sifatida beriladi. Majburiy uluşga uy-rözğor buyumlari va vasiyat majburiyatlari qiymati ham qöşiladi. Vasiyatnomada belgilangan çeklovlar faqat majburiy uluşdan ortiqça qismga nisbatan haqiqiy hisoblanadi.
Turmuş örtoğining huquqlari: Merosga daʼvo qiluvçi turmuş örtoği bilan nikohda bölganlik holati asosida belgilanadi. U nikoh mobaynida orttirilgan umumiy mulkning tegişli qismi ustidan ham alohida mulk huquqiga ega. Agar merosning bir qismi vasiyat asosida ötsa, vasiyat ijroçisi butun merosni, şu jumladan qonuniy meros tarkibini ham boşqaradi.
Gözal Norimbatova, Amudaryo tumanida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶