RASMIY HUJJATLARGA APOSTIL QOʻYISh TARTIBI YaNADA TAKOMILLAShTIRILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrda “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tartibini yanada takomillashtirsh chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjatga binoan 2022-yil 1-martdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron tarzda “Apostille” maxsus shtampini qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatish tartibi joriy etilishi koʻrsatildi.
Bunda, jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga anʼanaviy tarzda apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi ham saqlab qolinishi belgilab qoʻyildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, apostil qoʻyish — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan rasmiy tartib-taomil hisoblanadi.
Qarorga ilova qilingan Nizomga muvofiq rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2022-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilishi belgilandi. Markur ilovada quyidagilar nazarda tutilgan:
1)jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron tarzda apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali koʻrsatish tartibi;
2)Jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga anʼanaviy tarzda apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi;
3)ariza beruvchilarining murojaatiga koʻra, ularga apostil qoʻyish masalalari boʻyicha apostil qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish vakolatiga kiradigan xodim hamda Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan maslahatlar (maʼlumotnomalar) berish tartibi;
Shuningdek, qaror bilan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari tomonidan ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshirish belgilangan.
Nazokat Alliyazova, tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶