YoNGʻINDAN EHTIYoT BOʻLING
Yongʻinni tilsiz yov deyishadi. Kutilmaganda sodir boʻladigan ushbu ofat juda katta zarar keltiradi. Yongʻinlar asosan gaz va havo aralashmasi chaqnashi, fuqarolarning gaz uskunalaridan notoʻgʻri foydalanishi, isitish qozonlari moʻrikonlaridagi nosozliklar natijasida kelib chiqadi.
Yongʻin xavfsizligi qoidalariga muntazam ravishda amal qilinsa, xavfli hodisalarning oldi olinadi. Shu sababli uzoq safarga ketganda, elektr gaz uskunalarini oʻchirib ketish kerak. Bolalarni qarindoshlarga yoki tanishlarga topshirish, qarovsiz qoldirmaslik lozim. Turar joyda yengil alangalanuvchi suyuqliqlar, yaʼni benzin, kerosin, dizel yoqilgʻisi, kimyoviy suyuqliklar saqlash man qilinadi.
Uylaringizni yongʻindan asraylik desangiz, nosoz elektr va gaz uskunalaridan foydalanmang, isitish qozoni, oshxona oʻchogʻi moʻrilarini yiliga 2-marta tozalashni unutmang. Oʻz ish oʻrningizda va yashash uyingizda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanishni oʻrganing. Xonalarda chekish, qoʻlbola elektr qizdirish asboblaridan foydalanish noxush hodisalarga olib kelishi mumkin.
H.XAYITBOYeV,
tuman FVB inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶