PENSIYa VA NAFAQA TAYINLASh TARTIBIGA OʻZGARTIRISh KIRITILDI
Yurtimizda pensiya yoshiga yetgan va nafaqaga muhtojligi bor fuqarolarga tegishli maslahatlar berib borish, keksa avlod vakillariga yangi qarorlar va ularning ahamiyatini muntazam tushuntirib borish bugungi kunning talabi.
Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, koʻmakka muhtoj fuqarolarga va yolgʻiz keksalarga pul yordami koʻrsatish koʻlamini kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida imtiyozli toifadagi shaxslar uchun uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar oʻrniga endilikda oylik kompensatsiya pul toʻlovlari joriy etilmoqda.
Yangi tartibga muvofiq 2022-yil 1-martdan boshlab, kompensatsiya toʻlovi, uni olish huquqiga ega boʻlgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qatʼiy nazar, toʻlab boriladi, ijtimoiy nafaqa oluvchi, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslarga kompensatsiya toʻlovi joriy etiladi.
Bunda ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya toʻlovi – pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida toʻlanadi. Shuningdek, yoshi 100ga toʻlgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilandi.
100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali Respublika byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Pensiya, nafaqa tayinlash va toʻlash tartibiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga asosan 2022-yil 1-martdan eʼtiboran imtiyozli toifadagi shaxslar uchun uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar oʻrniga oylik kompensatsiya puli olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda tuman Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.
Akram AHMEDOV,
Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi
tuman boʻlimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶