13.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.10.2026, 12:42
Qishloq xoʻjaligi 👁 388

BOGʻDORChILIK SOHASIGA OID SEMINAR-TRENING BOʻLIB OʻTDI

BOGʻDORChILIK SOHASIGA OID SEMINAR-TRENING BOʻLIB OʻTDI

2. Mamlakatimizda resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari qoʻllangan intensiv bogʻlar maydonlari hajmini oshirish, meva mahsulotlari turlarini koʻpaytirish, shu asosda xalqimizni xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, tashqi bozorda talab yuqori boʻlgan meva navlarini ekish, yetishtirish, eksport qilish hajmini oshirish ham asosiy vazifalardan qilib belgilangan.

Amudaryo tumanida hozirgi kunda barcha toifadagi bogʻlar 930 gektarni tashkil etadi. Ushbu maydonlardagi eski bogʻlar oʻrnida intensiv bogʻlar yaratilmoqda va hududimizning tuproq-iqlim sharoitimizga mos, hosildor mevalar navlari joylashtirilmoqda.

Joriy yilda ham bu boradagi ishlar davom ettirilib, yangidan 150 gektar maydonda eksportbop mahsulotlar yetishtirishga moʻljallangan bogʻlar barpo etiladi. Shuning 30 gektariga istiqbolli uzum navlari ekiladi.

24-fevral kuni tumanning Choykoʻl ovulida “Qishloq xoʻjalikkimyo” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli 8 gektarlik intensiv bogʻda mevali daraxtlarni agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilish, belgilangan meʼyorlar asosida mevalar zararkunandalariga qarshi kurashish va xaridorgir, moʻl mahsulotlar olish yoʻl-yoʻriqlarini targʻib etishga bagʻishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Seminar-trening Prezidentimizning 2021-yil 15-dekabrdagi 52-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish Agentligining tuman loyiha ofisi tomonidan tashkillashtirildi.

Tadbirga tumandagi ushbu loyiha ofisi rahbari Yunusbek Otajanov, bogʻdorchilik sohasi bilan shugʻullanayotganlar, qishloq xoʻjaligi masʼul mutaxassislari hamda bogʻdorchilik sohasiga qiziquvchilar ishtirok etdilar.

Seminar-treningda Germaniyaning GIZ xalqaro tashkiloti, AQShning USAID xalqaro tashkilotining Oʻzbekistondagi vakili Umid Sayfuddinov mevali daraxtlarga ishlov berish, oziqlantirish va zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish yoʻl-yoʻriqlari haqida keng tushunchalar berdi. Shuningdek, koʻchatlarga qanday shakl berish, shoxlarini siyraklatish usullarini amalda koʻrsatib berdi.

Tadbirda ishtirok etgan bogʻbonlar va qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari maʼruzachiga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, tegishli javoblar oldilar.

Ushbu tadbir oʻtkazilgan intensiv bogʻ bunyod etilganiga hali koʻp vaqt boʻlmasa-da, olinayotgan hosildorlik avvalgi mavjud bogʻlardan yuqori. Bu – bogʻdorchilikka intensiv texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlarini joriy qilish davr talabi ekanligini, mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini koʻrsatadi.

Shunisi eʼtiborliki, bugungi kunda ovulda bogʻbonlar, dehqonlar yetishtirgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan 100 tonnalik sigʻimdagi muzlatkichli omborxona ham qurilayapti. “Mangʻit – omad savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bunyod etilayotgan obʼektda hozirgi kunda ishlar qizgʻin davom ettirilayapti.

Seminar-trening sohibkor bogʻbonlarning dehqonchilikka resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari jalb qilish, intensiv bogʻlar yaratish, bogʻlarda yetishtiriladigan mevalar turlarini koʻpaytirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini va yerdan olinadigan daromadni oshirish borasidagi bilimlarini yanada oshirishda muhim vosita boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026