FIRIBGAR JAZOSINI OLDI
Amudaryo tumanidagi fermer xöjaliklaridan birini yuritayotgan K.G.(ismlar özgartirilgan) ançadan beri yangi traktor sotib olişni möljallab yurgan edi. Ammo yetarli mablağ bölmagani uçun bu işni keyinroqqa surib yurgan kunlaridan birida sotiladigan traktorning daragi çiqib qoldi. Darhol yoniga öğlini va tanişini olib traktorni körişga bordi.
Özini uşbu texnikaning egasi deb taniştirgan S.B. narxni 150 mln.ga baholaydi. Bu narxga rozi bölgan K.G. 5 ming AQŞ dollarini berib, qolganini bölib tölaşga kelişadi va traktorni uyiga olib ketadi. Şu tariqa S.B.ga bölib-bölib 150 mln. söm pulni bir neça oy mobaynida tölab beradi.
Aslida traktor S.B.ning ukasiga qaraşli fermer xöjaligiga lizing hisobiga olingan bölib, berilgan pullar lizing hisobiga tölanişi va lizing hisobidan çiqarilib, keyin sotib olgan şaxs nomiga rasmiylaştirilişi kerak edi. Ammo u K.G.dan pullarini bölib-bölib olib, bergan vaʼdasini amalda bajarmasdan va traktorning lizing oldi-sotdi şarnomasini bajarmasdan, olgan pullarning hammasini özining ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan. Buning natijasida, tegişli sudning ajrimi böyiça traktor sotgan taşkilotga qaytarib olinib, fuqaro K.G.ga juda köp miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.
Moddiy zarar körgan K.G. tumandagi huquqni muhofaza qiliş organlaridan yordam sörab murojaat qilişga majbur böladi. Iş örganib çiqilganidan söng, S.B. özining uşbu jinoiy harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddasida körsatilgan jinoyatni qasddan sodir qilganlikda ayblandi va qonunga muvofiq jazosini oldi.
S.Davletmuradov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jinoyat işlari böyiça sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶