ZAMONAVIY ISSIQXONALARDAN SAMARALI FOYDALANIŞ MASALALARIGA BAĞIŞLANGAN SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi dolzarb masala bölib turgan hozirgi pandemiya davrida mamlakatimiz bozorlarining tökinligi, xalqimiz turmuşi obodligi qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş salmoği va sifati tobora ortayotgani natijasidadir.
Keyingi yillarda mamlakatimizda, şu jumladan tumanimizda ham zamonaviy issiqxonalarning yanada köpaytirilayotgani – qişloq aholisini iş bilan taʼminlaşda va yilning hamma fasllarida turli sabzavotlar bilan bozorlarimiz tökinligiga erişişda muhim omil bölayotir.
Şu yilning 19-fevralida tumanimizning Oq oltin ovulida faoliyat yuritayotgan Anvar Xolimbetov rahbarligidagi “Oq oltin – Amudaryo” fermer xöjaligida yangidan 50 sotix maydondagi zamonaviy issiqxona öz faoliyatini boşladi.
Issiqxona 1 mlrd. söm mablağ evaziga “Asaka innovatsiya fayz” masʼuliyati çeklangan jamiyati işçilari tomonidan bunyod etildi.
Yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan issiqxonada kelgusida yil davomida pomidor, bodring, baqlajon, bulğori qalampiri kabi rözğorbop mahsulotlarni yetiştirib, xalqimiz dasturxoniga tortiq qiliş rejalaştirilgan.
Issiqxona qurib bitkazilişi munosabati bilan bu yerda zamonaviy issiqxonalarda qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştiriş hajmini oşirişga bağişlangan seminar bölib ötdi.
Seminarga tumanimizdagi törtta sektor rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublika Prokurorining örinbosari Aybek Şomurodov, qişloq xöjaligi masʼul xodimlari, ovuldagi fermer xöjaliklari raislari, issiqxonalar egalari qatnaşdilar.
Tadbirda zamonaviy issiqxonalar soni va ekin maydonlari hajmini köpaytiriş, mahsulot yetiştirişni oşiriş, issiqxonalarda yil davomida hosil oliş amaliyotini joriy etiş böyiça fikrlar almaşildi.
Mazkur fermer xöjaligining 154 gektar ekin maydonining mavjud. Şuning 30 gektariga 2022-yil hosili uçun ğalla ekilgan. Qolgan maydonlarga paxta va boşqa qişloq xöjalik ekinlari ekiladi.
Xöjalikda qator yillardan beri mahsulot yetiştirişning barça turlari böyiça belgilangan rejalar ortiği bilan ado etib kelinayapti. Olinayotgan daromadlar hisobidan esa yangi-yangi loyihalar amalga oşirilayapti. Şularning biri 50 sotixlik maydondagi elektr energiya va suv tejovçi texnologiyalari asosida qurilgan zamonaviy issiqxona bölsa, yana biri 10 gektarlik hududda zamonaviy boğ barpo etilayapti.
Hozirgi kunda uşbu yerlar lazer qurilmasi yordamida tekislanib, bahorgi suğorişga tayyor qilib qöyilgan. Yerlar tobiga kelgaç, iqlim şaroitimizga mos, hosildor mevalar köçatlari olib kelib ötqaziladi. Buning uçun 220 million söm mablağ sarflanadi.
Seminar iştirokçilari fermer xöjaligida amalga oşirilayotgan işlarga yuqori baho berdilar. Bunday ilğor loyihalar qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştirişni köpaytirişda va aholi bandligini taʼminlaşda muhim omil bölişini taʼkidladilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶