QUTURIŞ KASALLIGINING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA MAXSUS TAKTIK-ÖQUV MAŞQI ÖTKAZILDI
Quturiş kasalligining oldini oliş maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan maxsus taktik-öquv maşqi taşkil etildi.
Joriy yilning 14-fevral kuni Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boşliğining tegişli qarori asosida Böz yop ovuli hududida ötkazilgan maxsus-taktik öquv maşqiga jami 74 ta şaxsiy tarkib va 10 ta texnika jalb qilindi. Hududda quturiş kasalligi böyiça favqulodda vaziyat sodir bölganda tuman Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş davlat quyi tizimining hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda körsatib berildi.
Maxsus taktik öquv maşqi 4 ta bosqiçda ötkazildi. Birinçi bosqiçda Böz yop ovul fuqarolar yiğini binosi oldida tegişli Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tarkibidagi xizmatçilar, kerakli kuç-vositalarning şayligi körikdan ötkazildi. Har bir xizmat tomonidan öz funktsional vazifalaridan kelib çiqqan holda amalga oşirilişi lozim bölgan tadbirlarga aniqlik kiritib olindi.
Öquv maşq tadbirining ikkinçi bosqiçida fuqarolar yiğini binosining majlislar zalida körgazmali öquv-seminar ötkazildi.
Öquv-seminarda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimining Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş va fuqaro muhofazasi bölinmasi boşliği Bekzod Tajiboyev aholi örtasida quturiş kasalligining tarqalişi bilan boğliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelişi xavfi, ularning oldini oliş va bartaraf etişda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining ahamiyati töğrisida maʼruza qildi.
Şundan söng, tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi epidemiolog-şifokori Gulşod Tajiboyeva Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida quturiş kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi hamda bu borada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar töğrisida maʼlumot berdi.
Seminar davomida tuman Tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimi şifokori Farhod Qöşmanovning “Quturiş kasalligi patogenezi, klinikasi, davolaş va profilaktika usullari” töğrisidagi, tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği Alişer Matkarimovning “Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida quturiş kasalligi böyiça mavjud epizootik vaziyat hamda uni oldini oliş borasida olib borilayotgan epizootiyaga qarşi tadbirlar” töğrisidagi maʼruzalari ham tinglandi. Maʼruzaçilar quturiş kasalligi tarqalişining oldini oliş borasidagi çora-tadbirlar haqida keng töxtalib, kerakli tavsiyalarni berib ötdilar.
Tadbirning uçinçi bosqiçida quturiş kasalligiga gumon qilingan bemor aniqlanganda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining harakatlari amaliy ravişda körsatib berildi.

Amaliy tarzda odamlarning hayvonlardan jabrlangan vaqtda hududdagi davolaş profilaktika muassasalariga murojaat qilgani, jabrlanuvçiga birinçi yordam körsatilgani, yaʼni jarohatlangan joy 20 foizli kir sovun eritmasi bilan yaxşilab işqalab zararsizlantirilişi va oqar suvda yaxşilab yuvilişi, jarohat quritilib, atrofiga 5 foizli yod surkalişi körsatildi. Şartli jabrlanuvçi rabiolog şifokorga vaktsinatsiya uçun yuborildi. Unga zarar yetkazgan hayvonning toifasiga qarab, davolaş maqsadida vaktsinatsiya qilindi. Şundan söng, Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimiga şoşilinç xabar berilib, Veterinariya bölimi ham xabardor etildi.
Uşbu bosqiçda Tibbiyot birlaşmasida yuqumli kasalliklar şifokori kasallikka gumon qilingan fuqaroni qabul qiliş, quturiş kasalligiga xos belgilarini aniqlaş, bemorga tegişli tibbiy muolajalar qiliş, holat böyiça kerakli joylarni xabardor qilişga doir amalga oşirgan harakatlar yuzasidan axborot berildi. Şuningdek, Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining epidemiologi tomonidan ham bemor jabrlangan hududda epidemiologik anamnez yiğildi va hududda epidemiologik, epizootologik suriştiriş işlari ötkazildi.

Undan taşqari, it ovlaş brigadasi tomonidan hududdagi daydi itlar tutib ketildi, tibbiyot va veterinariya xodimlari xonadonlarda sanitariya-tarğibot işlarini olib borişdi. Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi xodimlari esa bemorga jabr keltirgan hayvonni va uşbu hududda saqlanayotgan boşqa uy hayvonlarini veterinar tekşiruvdan ötkaziş, ularni 10 kunga nazoratga oliş işlarini bajarişdi.
Tartibga köra, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi xodimlarining bemorga jabr keltirgan hayvon tekşiruvdan ötkazişi, unga quturiş kasalligi taşxisi qöyilganda Obodonlaştiriş boşqarmasining qarovsiz hayvonlarni tutiş brigadasi hayvonni uşlaşi va nazorat joyiga yetkazişi amalda batafsil körsatib berildi.
Maxsus taktik-öquv maşqi yakuni böyiça fuqarolar yiğini binosi majlislar zalida ötkazilgan yiğilişda iştirokçilarning kamçiliklari körsatilib, kelgusida bunday kamçiliklarga yöl qöyilmasligi kerakligi tuşuntirildi hamda fikr-mulohazalar almaşildi.

Bölib ötgan uşbu maxsus taktik-öquv maşqi natijasiga köra tuman Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining funktsional va hududiy quyi tizimi xizmatlari favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularni bartaraf etişga tayyor, deb baholandi.
B.Tajiboyev, tuman FVBning bölinma boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶