MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTLARI DIREKTORLARIGA HUJJATLARNI MEHNAT QONUNÇILIGI ASOSIDA YuRITIŞ BÖYIÇA TUŞUNÇALAR BERILDI
Maktabgaça taʼlim bölimida tegişli mutaxassislar tomonidan MTTlarda hujjatlarni mehnat qonunçiligi asosida yuritişni tuşuntiriş böyiça yiğiliş ötkazildi.
9-fevral kuni bölib ötgan mazkur yiğilişda Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi Kadrlar boşqarmasi boşliği F.Boboyev, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi Yuridik boşqarma boşliği X.Böriyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi Yuridik bölimi yuristkonsulti I.Baymuradov, tuman Maktabgaça taʼlim bölimi mudiri S.Sadikova hamda Maktabgaça taʼlim bölimi xodimlari va barça maktabgaça taʼlim taşkilotlari direktorlari qatnaşdilar.
Yiğilişda MTTlarda mehnat qonunçiligi böyiça hujjatlarning yuritilişi böyiça, korruptsiya sohasidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati töğrisida mutaxassislar tomonidan keng tuşunçalar berilib, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida Kuzatuv kengaş faoliyatiga doir masala ham körib çiqildi.
Dastlab Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi Kadrlar boşqarmasi boşliği F. Boboyev sözga çiqib, hozirgi kunda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida mehnat qonunçiligi böyiça hujjatlarning yuritilişi, şaxsiy tarkib böyiça buyruqlar va mehnat şartnomalarining rasmiylaştirilişdagi uçrayotgan xato-kamçiliklar va ularni bartaraf qiliş yöllari haqida gapirdi. Şuningdek, mehnat şartnomasi hamda buyruqlarni namunaviy şakllarda yuritiş, buyruqlarni rasmiylaştirişda Mehnat kodeksining tegişli moddalari mos ravişda qöllaş, bu borada doimiy ravişda seminarlar taşkil qilib, tuşuntiriş işlarini olib boriş kerakligini taʼkidladi.
Şundan söng, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi Yuridik boşqarma boşliği X. Böriyev Maktabgaça taʼlim vazirligi tomonidan korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça olib borilayotgan işlar, korruptsion holatlarning oldini oliş böyiça xodimlar va tarbiyalanuvçilarning ota-onalari bilan tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş, qonunçilikda korruptsiyaning oqibatlari töğrisida keng tuşunçalar berdi. Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini çuqur anglaş va ularning ijrosini taʼminlaş hamda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning lavozim majburiyatlariga amal qilgan holda iş yuritişi lozimligini aytib ötdi.
Undan taşqari, Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida Kuzatuv kengaşlari faoliyati böyiça keng töxtalib ötdi. Jumladan, Kuzatuv kengaş aʼzolari tarkibi töğri şakllanmaganligi, yiğilişlarning doimiy ravişda ötkazilmayotganligini taʼkidladi.
Yiğiliş söngida Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi Kadrlar boşqarmasi boşliği F. Boboyev tomonidan 1 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti misolida bölimning har bir yönalişi mutaxassislari tomonidan interaktiv turda seminar taşkil etib, taşkilotlar direktorlariga amaliy yordam körsatiş kerakligi aytilib, bu böyiça tegişli xodimlarga topşiriqlar berildi.
Şunga köra tuman Maktabgaça taʼlim bölimida “Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida mehnat qonunçiligi böyiça hujjatlarning yuritilişi" mavzusida interfaol usulda amaliy seminar ötkazildi.

11-fevral kuni tuman Maktabgaça taʼlim bölimida bölib ötgan amaliy seminarda tuman Maktabgaça taʼlim bölimi mudiri S.Sadikova hamda bölim masʼul xodimlari, barça maktabgaça taʼlim taşkilotlari direktorlari qatnaşdilar.
Seminarda qatnaşçilar guruhlarga bölinganidan söng, mehnat munosabatlari jarayonlari böyiça topşiriqlar tarqatildi. Topşiriqlarni bajariş böyiça vaqt belgilandi. Guruh iştirokçilari bajarilgan işlar elektron doskada körsatib taqdimot qilişdi. Uşbu jarayonlarda yöl qöyilgan xato-kamçiliklar aniqlanib, şu vaqtning özida qanday bartaraf qilinişi körsatib berildi.
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça olib borilayotgan işlar, korruptsiyaga yöl qöymaslik, ularni muntazam nazorat qilib boriş borasida tegişli topşiriqlar berildi. Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini çuqur anglaş va ularning ijrosini taʼminlaş hamda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning lavozim majburiyatlariga amal qilgan holda iş yuritiş lozimligi tuşuntirildi.
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida kadrlarning şaxsiy tarkibiga oid yuritiladigan hujjatlar namunalari körsatib berildi va seminar qatnaşçilarining savollariga javoblar berilib, ularning ham fikr-mulohazalari tinglandi.
Qiziqarli ötgan seminarda taşkilot direktorlari hujjatlarni yuritiş böyiça keng tuşunçalarga ega böldilar.
S.Patullayeva, tuman MTBning Kadrlar bilan işlaş şöʼbasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶