Amudaryo tumani hokimi R.Yöldaşevning Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 23 yillik bayram tadbiridagi NUTQI
Bugun xalqimiz mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligini katta şodiyona bilan, kötarinki kayfiyatda qarşi olmoqda. Jannatmakon yurtimizning har bir göşasida bayram nafasi kezib yurgan şu qutluğ kunlarda Sizni va Siz orqali oila aʼzolaringizni, barça yurtdoşlarimizni eng uluğ va eng aziz bayram – mustaqillik kuni bilan çin qalbimdan tabriklayman!
Şunday faraxbaxş kunlarda bizga istiqloldek uluğ neʼmatni ato etgani, xalqimizni turli balo-qazolardan omon saqlab, yoruğ kunlarga yetkazgani uçun har birimiz Yaratganga şukronalar aytişimiz ham qarz, ham farz, deb öylayman.
Şu örinda aytiş kerakki, bugun biz şonli 23 yilligini nişonlayotgan istiqlolimiz öz-özidan kelmadi. Vatan ozodligi asrlar davomida ota-bobolarimiz uçun eng uluğ orzu bölib, bu yölda yurtning minglab fidoyi öğlonlarining qoni tökilganini xalqimiz heç qaçon esidan çiqarmaydi. Şuning uçun ham, Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qölga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1-sentyabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotida beqiyos örin tutadigan qutluğ kundir.
Albatta, istiqlolning qölga kiritilgani bilan hamma narsa öz-özidan hal bölib qolmaydi. Mustabid tuzum barham topganidan keyin mamlakatimizda yuzaga kelgan juda qaltis iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-maʼnaviy vaziyatni bartaraf etiş yölida qança maşaqqatli, tahlikali kunlarni boşdan keçirdik.
Muhtaram Yurtboşimiz tomonidan uzoqni közlab barça sohalarda amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, boşiga tuşgan murakkab sinov va qiyinçiliklarni mardonavor yengib ötgan xalqimizning mustahkam irodasi, ğayrat va şijoati tufayli mustaqilligimizni mustahkamlaşga, jahon hamjamiyatidan munosib örin egallaşga erişdik.
Bugungidek sururli damlarda öz-özimizga "Biz keça kim edigu bugun kim böldik?” degan haqli savolni berib, bundan 23-yil oldingi va bugungi kunimizni soliştirar ekanmiz, töğri belgilab olgan özimizga xos rivojlaniş yölimiz, xalqimizning istiqlol ğoyalariga sadoqati, halol va fidokorona mehnati natijasida mustaqillik yillarida ulkan yutuqlar qölga kiritilayotganining guvohi bölamiz.
Bugun dunyoda özbek degan millat, Özbekiston degan davlat borligini, uning qisqa davrda ulkan rivojlaniş yölini bosib ötganini, yurtimizning kuç-qudrati, salohiyatini butun dunyo tan oldi.
Istiqlol yillaridagi özgarişlarning eng kattasi odamlarimiz ongida, dunyoqaraşida röy berdi. Bugungi özbekistonliklar ötgan asrning 90-yillaridagi boqimandalik kayfiyatidagi odamlar emas. Ular erkin va obod yurtda tinç va osoyişta kunlarning qadriga yetib, mustaqillikni mustahkamlaş, obodlik va bunyodkorlik işlariga hissa qöşişdek uluğvor maqsadlar bilan yaşamoqdalar, mehnat qilmoqdalar.
Ularda öz yurtining kelajagiga, özining ertangi kuniga işonç, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusi mujassam. Ana şunday fidoyi el mehnatidan mamlakatimiz ravnaq topmoqda, yuksalmoqda.
Yurtimizning kiçik bir göşasi bölmiş Amudaryo tumanida ham bunday özgarişlar, yangilaniş va yuksalişlar kun sayin böy körsatmoqda.
Şahar-u qişloqlarimiz, mahalla-yu köçalarimiz, hovli va xonadonlarimiz obod qiyofa kasb etib, fayzli maskanlarga aylanmoqda.
Amudaryoliklar joriy yilda ham eng uluğ va eng aziz bayramni katta mehnat zafarlari bilan qarşi olmoqdalar.
Istiqlol bayrami arafasida yirik sanoat loyihasi - "Amudaryoteks” xorijiy korxonasi ilk mahsulotini bera boşlagan bölsa, qişloq xöjaligi sohasi ilğorlari pilla va ğalla yetiştiriş böyiça kontraktatsiya şartnomalarini Respublikamizda birinçi bölib bajarişdi va ayni kunlarda eng masʼuliyatli palla – paxta yiğim-terimi arafasida turibdi.
Işonamizki, paxtakorlarimizning va butun xalqimizning hamjihatlikdagi mehnati samarasi sifatida yaqin kunlar içida 40 ming tonnadan ortiq yuksak xirmon bunyod etiladi va bu ham istiqlolimizning 23 yilligiga katta tuhfamiz böladi.
Quruvçilarimizning fidoyi mehnatlari tufayli bayram arafasida qişloqlarimizda 70 ta namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, qator taʼlim maskanlari yangidan qurilib, foydalanişga topşirilmoqda.
Yoş avlodni soğlom va barkamol qilib voyaga yetkaziş, yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida joriy yilning özida tumanimizda kinoteatr, 5 ta hududda mini futbol va voleybol maydonçalari, "Kamolot” yoşlar şaharçasida 48 xonadonga möljallangan şinam va zamonaviy 4 qavatli uy-joylar foydalanişga topşiriliş arafasida.
Şuningdek, tadbirkorlarimizning öz mablağlari hisobidan ovul va mahalalarimizda ijtimoiy-madaniy binolar va tadbirkorlik obʼektlari qurib bitkazilmoqda.
Taʼlim, soğlikni saqlaş va ijtimoiy-iqtisodiy yönalişdagi boşqa sohalarda ham istiqlol bayramiga tuhfa etgulik yutuqlarimiz bisyor.
Aziz mehmonlar!
Biz faxr bilan tilga olayotgan bu yutuqlar, barpo etilayotgan erkin va farovon jamiyat, kun sayin rivojlanayotgan ozod va obod Vatan – bularning barçasi farzandlarimiz uçun. Dunyoda bizning xalqimizdek oilaparvar, bolajon xalq bölmasa kerak.
Muhtaram yurtboşimizning joriy yilni "Soğlom bola yili” deb eʼlon qilgani xalqimizning ana şu insoniy fazilatining yorqin namunasi böldi.
"Soğlom bola yili” tuman dasturiga muvofiq umumiy qiymati 22 milliard sömlikdan ortiq keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Bu mablağlar yoş oilalarning oyoqqa turib olişi uçun moddiy yordam körsatiş, onalik va bolalik himoyasini taʼminlaş, aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuçaytiriş, maktabgaça taʼlim muassasalari tarmoğini kengaytiriş kabi xayrli işlarga sarflanadi. Maqsadimiz yagona – bizdan farzandlarimizga ozod va obod Vatan qolsin!
Qadrli mehmonlar!
Uşbu sururli damlarda "Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim Senga baxşida, gözal Özbekistonim” degan şiorni dillariga jo qilib, istiqlolimizning 23 yillik bayramini kötarinki ruhda nişonlayotgan yurtdoşlarimizni yana bir marta eng uluğ va eng aziz bayramimiz bilan çin qalbimdan muborakbod etaman!
Mana şu unutilmas damlarda köpni körgan, hayotning turli qiyinçiliklarida toblanib, bugun yoş avlodga örnak bölayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, fidoyi va halol mehnati bilan tumanimiz nomini yurtga tanitayotgan olijanob va bağrikeng yurtdoşlarimizni, barça ezgu va xayrli işlarimizning davomçilari bölmiş yoşlarimizni ona Vatanimiz tarixidagi eng uluğ sana – mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!
Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bölsin!
Eʼtiboringiz uçun rahmat!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶