XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAŞINING 46-SESSIYaSI TÖĞRISIDA AXBOROT
9-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengaşining 46-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida Kengaş raisi, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Kengaşi deputatlari, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, sud-huquq sohasi masʼullari, bölimlar, tijorat banklari rahbarlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Sessiya işida dastlab tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlarini amalga oşiriş, yangi iş örinlari barpo etiş, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, mahalliy byudjet daromadlarining qöşimça manbalarini şakllantiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlar böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida tuman hokimining investitsiya masalalari böyiça örinbosari Raşid Salayevning hisoboti tinglandi.
Hisobotda tumanni ijtimoiy iqtisodiy-rivojlantiriş böyiça 2021-yilda mumiy qiymati 58,1 mlrd. sömlik 35 ta loyihalar işga tuşirilganligi va 1 ming 904 ta yangi iş örinlari yaratilganligini maʼlum qilindi. Şuningdek, yangidan işga tuşirilgan loyihalar haqida keng turda maʼlumot berib ötildi.
Şundan söng deputatlar tuman davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seitovning hisobotini tingladilar. Hisobotda DSI boşliği tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlarini amalga oşiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni yiğiş va mahalliy byudjetga tuşumlarni oşiriş böyiça qilinayotgan işlarga batafsil töxtalib ötdi.
Sessiya 2021-yil davomida jinoyatçilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oşirilgan işlar yuzasidan tuman prokurori Javlonbek Muftullayevning axboroti tinglandi.
Axborota qayd etilganidek, tumanda amalga oşirilayotgan işlarda asosiy eʼtibor muhtaram Prezidentimiz tomonidan prokuratura organlariga asosiy vazifa sifatida yuklatilgan jinoyatçilikning oldini oliş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, sektorlar faoliyati, aholining turmuş darajasini yaxşilaş, ulardagi mavjud muammolarni örganiş, “Obod qişloq” va “Obod mahalla” hamda “Har bir oila tadbirkor” kabi Davlat dasturlarning ijrosini nazorat qilişga qaratilgan.
Şuningdek sessiya işida tuman Içki işlar bölimi boşliği Uluğbek Xudayberganovning tumanda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda ularning profilaktikasini taşkil etiş böyiça 2021-yilda amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotda tumandagi barça hududlar böylab aniqlangan jinoyatlar, jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar haqida keng turda maʼlumotlar berib ötildi.
Şundan söng sessiyada tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça kelib tuşayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamçilari faoliyatining natijadorligini örganiş töğrisida axborot berdi. Tuman Xalq qabulxonasi mudiri deputatlarga 2022-yil yanvar oyida fuqarolar tomonidan kelib tuşgan murojaatlar böyiça, mahalladagi işsiz aholini iş bilan taʼminlaş va kredit ajratilişida hokim yordamçilari tomonidan amalga oşirilayotgan işlar xususida maʼlumot berdi.
Şuningdek sessiyada Amudaryo tumanida 2021-yilda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasining Amudaryo tumani inspektsiyasi rahbariyatining hisoboti ham tinglandi. Inspektsiya boşliğining örinbosari Ğ.Iskandarov kun tartibidagi masala böyiça batafsil maʼlumotlar berib ötdi.
Bundan taşqari sessiya işida Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 35-sonli maktabda direktorlik lavozimiga ötkazilgan tanlov yakunlari böyiça nomzodga kelişim beriş töğrisidagi masala ham körib çiqildi. Nomzod Baxram Palvanov kelgusi 3-yilda maktabda taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan dasturini deputatlar eʼtiboriga havola qildi. Şundan söng oçiq ovoz beriş yöli bilan nomzodga kelişim beriş masalasi muhokamaga qöyildi.
Sessiya işida Kengaş vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham muhokama qilinib, barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶